Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Ukrainadagi raketa va dron zavodlariga ommaviy zarba berdi — nishonlar ro‘yxati

© SputnikPojar na energoobyekte
Pojar na energoobyekte - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyev, Lvov va boshqa hududlarda harbiy sanoat hamda logistika obyektlari nishonga olinganini bildirdi.
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainadagi harbiy sanoat korxonalari, telekommunikatsiya va logistika markazlariga ommaviy zarba berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlikka ko‘ra, Kiyevda FP-1 va FP-2 dronlari uchun butlovchi qismlar, jangovar qismlar va o‘q-dorilar ishlab chiqaruvchi "Mayak" zavodi nishonga olingan. Shuningdek, o‘rta masofali dronlar va multikopterlar tayyorlanadigan "Elektrotexnika zavodi"ga zarba berilgan.
Lvovda FP-5 "Flamingo" raketalari va dronlar uchun turboreaktiv dvigatellarni ishlab chiqarish hamda ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi aviatsiya zavodi nishonga olindi. "LORTA" korxonasida esa raketalar uchun bort elektronikasi, "Neptun-MD" raketalari va havo mudofaa tizimlari uchun radar uskunalari ishlab chiqarilgani aytildi.
Ivano-Frankovsk viloyatida raketalarni ishlab chiqarish, saqlash va sinovdan o‘tkazishga jalb etilgan "SKB OVT" hamda "Neftemash" korxonalariga zarba berilgan.
Rovno viloyatida FP-5, FP-7, FP-9 va "Grom-2" raketalari uchun butlovchi qismlar va yoqilg‘i komponentlari ishlab chiqaruvchi "Rovnoazot" zavodi nishonga olingan.
Dnepropetrovsk viloyatidagi "Akvaplast" korxonasida dronlar, ekipajsiz katerlar va artilleriya qurollari ishlab chiqarilgani hamda ta’mirlangani bildirildi.
Odessa viloyatida "Yujniy" portidagi bir quruq yuk kemasi, shuningdek, Odessa va Chernomorsk portlariga harbiy yuk yetkazib bergan yana ikki kema nishonga olingan.
Pusk raketi Tomahawk s borta esminsa USS Thomas Hudner VMS SShA. Arxivnoe foto
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari Kiyevdagi dron korxonalari va Chernomorsk portiga zarba berdi
Yangiliklar lentasi
0