https://oz.sputniknews.uz/20260730/mirziyoev-kyrgyzstan-tashrif-59385666.html
Chegara o‘tkazish punktlari ikki baravar ko‘payadi: Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi yakunlari
Chegara o‘tkazish punktlari ikki baravar ko‘payadi: Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi yakunlari
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi doirasida ikki davlat rahbari savdoni 2 mlrd dollarga yetkazish, Davlatlararo kengash tuzish va yirik loyihalarni jadallashtirishga kelishdi.
2026-07-30T15:34+0500
2026-07-30T15:34+0500
2026-07-30T15:51+0500
shavkat mirziyoyev
sadir japarov
iqtisod
savdo
qirg‘iziston
siyosat
o‘zbekiston
chegara
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/1e/59386534_0:134:2560:1574_1920x0_80_0_0_c985a171588d898964d8f0f4ee04bb9a.jpg
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat o‘rtasida qator hujjatlar imzolandi.Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar yakunida davlat rahbarlari O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi.Chegara va fuqarolarning harakatlanishiga oid hujjatlar orasida o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasining alohida uchastkasi to‘g‘risidagi shartnoma, Chechme — Chashma bulog‘idan birgalikda foydalanish bitimi hamda chegara o‘tkazish punktlari va fuqarolarning o‘zaro bordi-kelishi bo‘yicha protokollar bor.Ijtimoiy sohada davlat ijtimoiy sug‘urtasi va pensiya ta’minoti to‘g‘risida bitim imzolandi. Tomonlar oliy ta’limda talabalar to‘plagan o‘quv kreditlarini o‘zaro tan olishga ham kelishdi.Bundan tashqari, ikki mamlakat mudofaa vazirliklari o‘rtasida hamkorlik bitimi qabul qilindi. Issiqko‘ldagi kurort-rekreatsiya obyektlariga oid avvalgi bitimga o‘zgartish kiritildi.Madaniyat, qishloq xo‘jaligi, turizm va investitsiyalar sohalarida 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik rejalari ham tasdiqlandi.Muzokaralarda o‘zaro savdo hajmini 2 mlrd dollarga yetkazish, Toshkent va Bishkekda savdo uylari ochish hamda Davlatlararo kengash tuzishga kelishib olindi. Qayd etilishicha, 2025-yilda tovar ayirboshlash 1,2 mlrd dollarga yetgan, ikki mamlakat ishtirokida 450 ta qo‘shma korxona tashkil etilgan.Prezidentlar Qambarota GES-1 bo‘yicha bitimni tezroq imzolash va "Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" temir yo‘li loyihasini davom ettirish masalalarini ham muhokama qildi.Shuningdek, tashrif doirasida Sadir Japarov Shavkat Mirziyoyevni Qirg‘izistonning oliy ordeni bilan taqdirladi.Sadir Japarovning ma’lum qilishicha, imzolangan hujjatlar ikki mamlakat chegarasidagi o‘tkazish punktlari sonini 15 tadan 30 tagacha oshirishni nazarda tutadi.Muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Sadir Japarovni o‘zi uchun qulay vaqtda O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260728/eaeu-bozor-imtiyoz-59329997.html
qirg‘iziston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/1e/59386534_143:0:2418:1706_1920x0_80_0_0_775c564ca3f90fdad6cf3e116a659989.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, sadir japarov, iqtisod, savdo, qirg‘iziston, siyosat, o‘zbekiston, chegara
shavkat mirziyoyev, sadir japarov, iqtisod, savdo, qirg‘iziston, siyosat, o‘zbekiston, chegara
Chegara o‘tkazish punktlari ikki baravar ko‘payadi: Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi yakunlari
15:34 30.07.2026 (yangilandi: 15:51 30.07.2026) O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari ittifoqchilik shartnomasini imzoladi, yana 12 ta ikki tomonlama hujjat qabul qilindi.
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat o‘rtasida qator hujjatlar imzolandi.
Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati
ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar yakunida davlat rahbarlari O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi.
Shuningdek, yana 12 ta ikki tomonlama hujjat qabul qilindi.
Chegara va fuqarolarning harakatlanishiga oid hujjatlar orasida o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasining alohida uchastkasi to‘g‘risidagi shartnoma, Chechme — Chashma bulog‘idan birgalikda foydalanish bitimi hamda chegara o‘tkazish punktlari va fuqarolarning o‘zaro bordi-kelishi bo‘yicha protokollar bor.
Ijtimoiy sohada davlat ijtimoiy sug‘urtasi va pensiya ta’minoti to‘g‘risida bitim imzolandi. Tomonlar oliy ta’limda talabalar to‘plagan o‘quv kreditlarini o‘zaro tan olishga ham kelishdi.
Bundan tashqari, ikki mamlakat mudofaa vazirliklari o‘rtasida hamkorlik bitimi qabul qilindi. Issiqko‘ldagi kurort-rekreatsiya obyektlariga oid avvalgi bitimga o‘zgartish kiritildi.
Madaniyat, qishloq xo‘jaligi, turizm va investitsiyalar sohalarida 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik rejalari ham tasdiqlandi.
Muzokaralarda o‘zaro savdo hajmini 2 mlrd dollarga yetkazish, Toshkent va Bishkekda savdo uylari ochish hamda Davlatlararo kengash tuzishga
kelishib olindi.
Qayd etilishicha, 2025-yilda tovar ayirboshlash 1,2 mlrd dollarga yetgan, ikki mamlakat ishtirokida 450 ta qo‘shma korxona tashkil etilgan.
Prezidentlar Qambarota GES-1 bo‘yicha bitimni tezroq imzolash va "Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" temir yo‘li loyihasini davom ettirish masalalarini ham muhokama qildi.
Shuningdek, tashrif doirasida Sadir Japarov Shavkat Mirziyoyevni Qirg‘izistonning oliy ordeni bilan taqdirladi.
Sadir Japarovning
ma’lum qilishicha, imzolangan hujjatlar ikki mamlakat chegarasidagi o‘tkazish punktlari sonini 15 tadan 30 tagacha oshirishni nazarda tutadi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Sadir Japarovni o‘zi uchun qulay vaqtda O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif qildi.