https://oz.sputniknews.uz/20260729/mirziyoev-kelajak-oyinlar-marosim-59363993.html
Mirziyoyev Ostonada "Kelajak o‘yinlari — 2026" ochilish marosimida ishtirok etdi
Mirziyoyev Ostonada "Kelajak o‘yinlari — 2026" ochilish marosimida ishtirok etdi
Sputnik O‘zbekiston
Ostonada "Kelajak o‘yinlari — 2026" turnirining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari ishtirok etmoqda.
2026-07-29T17:58+0500
2026-07-29T17:58+0500
2026-07-29T18:13+0500
sport
kibersport
qozog‘iston
shavkat mirziyoyev
musobaqa
chempionat
ostona
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/1d/59361811_224:0:940:403_1920x0_80_0_0_eaa23caf9ebbc2c9a4413ddfcc8b4fcd.jpg
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Ostanada "Kelajak o‘yinlari — 2026" xalqaro turnirining rasmiy ochilish marosimi boshlandi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Baris Arena"da o‘tayotgan tadbirda ishtirok etmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik Qozog‘iston.Marosimda Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ham qatnashmoqda.Musobaqalar dasturidan quyidagi yo‘nalishlar o‘rin olgan:— fijital basketbol;— PUBG BATTLEGROUNDS;— Dota 2;— CS 2 asosidagi fijital shuter;— fijital futbol;— Mobile Legends: Bang Bang;— fijital raqs;— fijital yakkakurash.Bellashuvlar Ostonadagi to‘rtta yirik sport majmuasida o‘tkaziladi.Turnir milliy terma jamoalar emas, klublar o‘rtasida o‘tkaziladi. Shu sababli turli mamlakatlar sportchilari bir klub tarkibida ishtirok etishi mumkin.Musobaqalarda Team Spirit, T1, Team Falcons, Xtreme Gaming, Vici Gaming, Boca Juniors va Valencia Basket kabi taniqli sport va kibersport klublari ham qatnashadi.Eng katta mukofot Dota 2 va PUBG BATTLEGROUNDS musobaqalari uchun ajratilgan — har bir yo‘nalish g‘oliblari va sovrindorlari o‘rtasida 1 mln dollardan taqsimlanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260122/samarkand-ai-xakaton-bellashuv-55162528.html
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/1d/59361811_313:0:850:403_1920x0_80_0_0_551a6d0e772a3e49f5dca56128f21cf4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, kibersport , qozog‘iston, shavkat mirziyoyev, musobaqa, chempionat, ostona
sport, kibersport , qozog‘iston, shavkat mirziyoyev, musobaqa, chempionat, ostona
Mirziyoyev Ostonada "Kelajak o‘yinlari — 2026" ochilish marosimida ishtirok etdi
17:58 29.07.2026 (yangilandi: 18:13 29.07.2026) Ostonada 800 nafardan ortiq sportchi ishtirok etadigan va mukofot jamg‘armasi 4,65 mln dollar bo‘lgan xalqaro turnir boshlandi.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Ostanada "Kelajak o‘yinlari — 2026" xalqaro turnirining rasmiy ochilish marosimi boshlandi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Baris Arena"da o‘tayotgan tadbirda ishtirok etmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik Qozog‘iston.
Marosimda Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ham qatnashmoqda.
"Kelajak o‘yinlari" 29-iyuldan 9-avgustga qadar Ostonada bo‘lib o‘tadi. Turnirda 800 nafardan ortiq sportchi sakkizta yo‘nalish bo‘yicha 4,65 mln dollarlik umumiy mukofot jamg‘armasi uchun bellashadi.
Musobaqalar dasturidan quyidagi yo‘nalishlar o‘rin olgan:
— fijital basketbol;
— PUBG BATTLEGROUNDS;
— Dota 2;
— CS 2 asosidagi fijital shuter;
— fijital futbol;
— Mobile Legends: Bang Bang;
— fijital raqs;
— fijital yakkakurash.
Bellashuvlar Ostonadagi to‘rtta yirik sport majmuasida o‘tkaziladi.
Fijital sport raqamli va an’anaviy musobaqalarni birlashtiradi. Masalan, jamoalar dastlab futbol yoki basketbolning virtual shaklida bellashib, keyin o‘yinni haqiqiy maydonda davom ettiradi. Yakuniy natijada har ikki bosqichdagi ko‘rsatkichlar hisobga olinadi.
Turnir milliy terma jamoalar emas, klublar o‘rtasida o‘tkaziladi. Shu sababli turli mamlakatlar sportchilari bir klub tarkibida ishtirok etishi mumkin.
Musobaqalarda Team Spirit, T1, Team Falcons, Xtreme Gaming, Vici Gaming, Boca Juniors va Valencia Basket kabi taniqli sport va kibersport klublari ham qatnashadi.
Eng katta mukofot Dota 2 va PUBG BATTLEGROUNDS musobaqalari uchun ajratilgan — har bir yo‘nalish g‘oliblari va sovrindorlari o‘rtasida 1 mln dollardan taqsimlanadi.