https://oz.sputniknews.uz/20260728/yangi-elchilar-ishonch-yorliq-59328977.html
Mirziyoyev 9 ta davlatning yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi
Mirziyoyev 9 ta davlatning yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev 9 davlatning yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Prezident investitsiya, savdo, transport, energetika, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida hamkorlikni kengaytirish vazifalarini belgiladi.
2026-07-28T15:23+0500
2026-07-28T15:23+0500
2026-07-28T15:23+0500
siyosat
diplomatlar
elchilar
hamkorlik
diplomatiya
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/1c/59327294_0:99:1900:1168_1920x0_80_0_0_5c8cfa95238b5fffff50b4c36073e9b5.jpg
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda to‘qqiz xorijiy davlatning yangi tayinlangan elchilari ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Prezident Shavkat Mirziyoyev Italiyadan Guido de Sanktis, Falastindan Vaill Battrexi, Saudiya Arabistonidan Saad Abu Xaymid, Kuvaytdan Turki Al-Mekrad, Jazoirdan Jamila Ashur, Malayziyadan Rafeda binti Abdul Aziz, Pokistondan Muhammad Mudassir Tipu, Ozarbayjondan Rashad Mamedov va Qozog‘istondan Yerali Tugjanovning ishonch yorliqlarini qabul qildi.Davlat rahbari hozirgi murakkab xalqaro vaziyatda diplomatlarning mas’uliyati yanada ortayotganini ta’kidladi. U har bir elchiga murojaat qilib, ular vakillik qilayotgan davlatlar bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.Falastin masalasida O‘zbekiston “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida tinchlikka erishish tarafdori ekani tasdiqlandi. Mamlakatning Tinchlik kengashidagi ishtiroki G‘azoni qayta tiklashga ko‘maklashishga qaratilgani bildirildi.Saudiya Arabistoni bilan shakllangan qo‘shma loyihalar portfeli 25 mlrd dollarga yetgan. Kuvayt bilan neft-kimyo, infratuzilma va davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish, Jazoir bilan esa Hukumatlararo komissiya tuzish va imtiyozli savdo bitimini imzolash taklif etildi.Malayziya bilan yarim o‘tkazgichlar, neft-kimyo, islom moliyasi va ziyorat turizmi yo‘nalishlarida katta salohiyat borligi ta’kidlandi.Pokiston bilan Toshkent — Karachi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovini yo‘lga qo‘yish, Transafg‘on transport yo‘lagini amalga oshirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.Ozarbayjon bilan savdo hajmi 40 foizga oshgan, qo‘shma korxonalar soni qariyb 450 taga, yuk tashish esa ikki barobarga ko‘paygan. Tomonlar investitsiya loyihalari portfelini yaqin istiqbolda 10 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda.Marosim yakunida Shavkat Mirziyoyev yangi tayinlangan elchilarga diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260728/saidov-kazakhstan-finland-elchilar-qabul-59320354.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/1c/59327294_106:0:1794:1266_1920x0_80_0_0_ac0a385dbb16e8f81fd4624933e5bd40.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, diplomatlar, elchilar, hamkorlik, diplomatiya, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev
siyosat, diplomatlar, elchilar, hamkorlik, diplomatiya, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev
Mirziyoyev 9 ta davlatning yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi
Shavkat Mirziyoyev 9 davlatning yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi va hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini qayd etdi
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda to‘qqiz xorijiy davlatning yangi tayinlangan elchilari ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Italiyadan Guido de Sanktis, Falastindan Vaill Battrexi, Saudiya Arabistonidan Saad Abu Xaymid, Kuvaytdan Turki Al-Mekrad, Jazoirdan Jamila Ashur, Malayziyadan Rafeda binti Abdul Aziz, Pokistondan Muhammad Mudassir Tipu, Ozarbayjondan Rashad Mamedov va Qozog‘istondan Yerali Tugjanovning ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Davlat rahbari hozirgi murakkab xalqaro vaziyatda diplomatlarning mas’uliyati yanada ortayotganini ta’kidladi. U har bir elchiga murojaat qilib, ular vakillik qilayotgan davlatlar bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.
Italiya bilan “yashil” energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, ta’lim va turizm sohalaridagi loyihalarni davom ettirish, Lombardiya va Toskana hududlari bilan aloqalarni rivojlantirish muhimligi qayd etildi.
Falastin masalasida O‘zbekiston “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida tinchlikka erishish tarafdori ekani tasdiqlandi. Mamlakatning Tinchlik kengashidagi ishtiroki G‘azoni qayta tiklashga ko‘maklashishga qaratilgani bildirildi.
Saudiya Arabistoni bilan shakllangan qo‘shma loyihalar portfeli 25 mlrd dollarga yetgan. Kuvayt bilan neft-kimyo, infratuzilma va davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish, Jazoir bilan esa Hukumatlararo komissiya tuzish va imtiyozli savdo bitimini imzolash taklif etildi.
Malayziya bilan yarim o‘tkazgichlar, neft-kimyo, islom moliyasi va ziyorat turizmi yo‘nalishlarida katta salohiyat borligi ta’kidlandi.
Pokiston bilan Toshkent — Karachi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovini yo‘lga qo‘yish, Transafg‘on transport yo‘lagini amalga oshirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.
Ozarbayjon bilan savdo hajmi 40 foizga oshgan, qo‘shma korxonalar soni qariyb 450 taga, yuk tashish esa ikki barobarga ko‘paygan. Tomonlar investitsiya loyihalari portfelini yaqin istiqbolda 10 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda.
Qozog‘iston bilan o‘zaro savdoni 10 mlrd dollarga yetkazish asosiy maqsad sifatida belgilandi. Hozirda ikki mamlakat o‘rtasida 8 mlrd dollarlik qo‘shma investitsiya loyihalari portfeli shakllangan.
Marosim yakunida Shavkat Mirziyoyev yangi tayinlangan elchilarga diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.