Shveysariya banki 3 mln frank jarimaga tortildi: Karimova aktivlari qaytariladimi?
Shveysariya banki 3 mln frank jarimaga tortildi: Karimova aktivlari qaytariladimi?
Sputnik O‘zbekiston
Shveysariya sudi Lombard Odier bankini Karimova ishi bo‘yicha 3 mln frankka jarima qildi. Sudga ko‘ra, bank $120 mlndan ortiq shubhali tushumning manbasini yetarlicha tekshirmagan. 400 mln frankdan ortiq aktiv musodara qilinadi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Shveysariya Federal jinoyat sudi Jenevadagi "Lombard Odier" xususiy bankini Gulnora Karimova bilan bog‘liq pul yuvish ishi bo‘yicha 3 mln shveysar franki miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda Shveysariyaning "Swissinfo" nashri xabar berdi.Sudga ko‘ra, bank sobiq xodimining pul yuvish harakatlarini oldini olish uchun zarur tashkiliy choralarni to‘liq ko‘rmagan.Shveysariya prokuraturasiga ko‘ra, Gulnora Karimova "Ofis" deb atalgan jinoiy tashkilotni tuzgan va boshqargan. Tashkilot O‘zbekiston telekommunikatsiya bozorida ishlagan xorijiy kompaniyalardan olingan korrupsion mablag‘larni yashirish va xorijiy bank hisoblariga o‘tkazish uchun ishlatilgan.Mablag‘lar avval shaffof bo‘lmagan moliyaviy operatsiyalardan o‘tkazilgan, keyin "Ofis"ga aloqador kompaniyalarning turli mamlakatlardagi bank hisoblariga, jumladan, "Lombard Odier" bankidagi hisoblarga tushgan.Bankning "C." deb ko‘rsatilgan sobiq mijozlar menejeri mablag‘lar korrupsiyadan kelib chiqqan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatuvchi belgilarni bilgan. Javobgarlik muddati o‘tmagan epizodlarda hisoblarga 120 mln dollardan ortiq mablag‘ kiritilgan.Karimovaga nisbatan ish ayblovlar mazmunan rad etilgani uchun emas, protsessual to‘siq sabab tugatildi. Sud uning O‘zbekistonda jazo o‘tayotgani va javobgarlik muddati tugashidan oldin Shveysariyaga kelishi yoki ekstraditsiya qilinishi ehtimoli yo‘qligini bildirdi."Lombard Odier" esa shubhalar haqida 2012-yilda Shveysariya organlariga o‘zi xabar berganini va bankda pul yuvishga qarshi ichki nazorat tizimi mavjud bo‘lganini ta’kidladi. Bank sud xulosalariga qo‘shilmasligini bildirib, qaror ustidan shikoyat qilishini ma’lum qildi.
Shveysariya prokuraturasiga ko‘ra, Karimova "Ofis" jinoiy tashkilotiga rahbarlik qilgan, "Lombard Odier" banki orqali esa ushbu tuzilmaga aloqador mablag‘lar "yuvilgan".
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Shveysariya Federal jinoyat sudi Jenevadagi "Lombard Odier" xususiy bankini Gulnora Karimova bilan bog‘liq pul yuvish ishi bo‘yicha 3 mln shveysar franki miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda Shveysariyaning "Swissinfo" nashri xabar berdi.
Sudga ko‘ra, bank sobiq xodimining pul yuvish harakatlarini oldini olish uchun zarur tashkiliy choralarni to‘liq ko‘rmagan.
Shveysariya prokuraturasiga ko‘ra, Gulnora Karimova "Ofis" deb atalgan jinoiy tashkilotni tuzgan va boshqargan. Tashkilot O‘zbekiston telekommunikatsiya bozorida ishlagan xorijiy kompaniyalardan olingan korrupsion mablag‘larni yashirish va xorijiy bank hisoblariga o‘tkazish uchun ishlatilgan.
Mablag‘lar avval shaffof bo‘lmagan moliyaviy operatsiyalardan o‘tkazilgan, keyin "Ofis"ga aloqador kompaniyalarning turli mamlakatlardagi bank hisoblariga, jumladan, "Lombard Odier" bankidagi hisoblarga tushgan.
Bankning "C." deb ko‘rsatilgan sobiq mijozlar menejeri mablag‘lar korrupsiyadan kelib chiqqan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatuvchi belgilarni bilgan.
Javobgarlik muddati o‘tmagan epizodlarda hisoblarga 120 mln dollardan ortiq mablag‘ kiritilgan.
Sobiq bankir pul yuvishda aybdor deb topilib, shartli ravishda 24 oylik ozodlikdan mahrum qilish jazosini oldi. Sud, shuningdek, Shveysariyadagi 400 mln frankdan ortiq aktivlarni musodara qilishni buyurdi.
Karimovaga nisbatan ish ayblovlar mazmunan rad etilgani uchun emas, protsessual to‘siq sabab tugatildi. Sud uning O‘zbekistonda jazo o‘tayotgani va javobgarlik muddati tugashidan oldin Shveysariyaga kelishi yoki ekstraditsiya qilinishi ehtimoli yo‘qligini bildirdi.
"Lombard Odier" esa shubhalar haqida 2012-yilda Shveysariya organlariga o‘zi xabar berganini va bankda pul yuvishga qarshi ichki nazorat tizimi mavjud bo‘lganini ta’kidladi. Bank sud xulosalariga qo‘shilmasligini bildirib, qaror ustidan shikoyat qilishini ma’lum qildi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Shveysariya va O‘zbekiston Gulnora Karimova ishi doirasida musodara qilingan jami 313 mln dollarni qaytarish bo‘yicha ikki kelishuv imzolagan. Mablag‘lar davlat budjetiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazilmaydi — ular BMTning "Ishonch" jamg‘armasi orqali sog‘liqni saqlash va ta’lim loyihalariga yo‘naltiriladi.