Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi yirik qurilish loyihalarini ko‘zdan kechirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom stroitelnix rabot v Novom Tashkente
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom stroitelnix rabot v Novom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2026
Obuna bo‘lish
Yangi Toshkentda ta’lim muassasalari, yirik sport inshootlari, transport-muhandislik tarmoqlari, yashil hududlar va jamoat makonlarini qamrab olgan yangi shahar infratuzilmasi barpo etilmoqda.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahrida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbariga shaharning keng ko‘lamli maketi va raqamli xaritasi asosida qurilishlarning umumiy borishi haqida axborot berildi.
Yangi Toshkent poytaxtning amaldagi hududi bilan yagona transport tizimi orqali bog‘lanadi.
Pedagogika universitetining yangi kampusi
Yangi Toshkent qurilishining birinchi bosqichida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining yangi kampusi barpo etilmoqda.
Kampus tarkibida o‘quv binolari, ilmiy laboratoriyalar, axborot-resurs markazi, elektron kutubxona, talabalar turar joylari, sport va madaniyat inshootlari joylashadi.
Universitetda xalqaro ta’lim standartlarini bosqichma-bosqich joriy etish, boshqaruv tizimini “Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi asosida transformatsiya qilish rejalashtirilgan.
Milliy kutubxonaning yangi binosi
Yangi Toshkentda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining to‘rt qavatli yangi binosi ham qurilmoqda. Ayni paytda majmuadagi qurilish va pardozlash ishlarining 90 foizi bajarilgan.
Umumiy maydoni 30 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan kutubxona bir vaqtning o‘zida 1 ming 420 nafar kitobxonga xizmat ko‘rsata oladi.
Bu yerda kitob fondlarini saqlash, hisobga olish va xavfsizligini ta’minlash uchun yuqori texnologiyali xonalar tashkil etiladi. Foydalanuvchilar xalqaro va milliy yirik kutubxonalarning elektron bazalaridan onlayn foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, ko‘zi ojiz fuqarolar uchun maxsus o‘quv va tadqiqot muhiti, 300 o‘rinli kafe, galereya, sport hamda dam olish hududlari barpo etiladi.
“Yangi O‘zbekiston” universiteti kampusi
“Yangi O‘zbekiston” universitetining yangi kampusi 50 gektar maydonda qurilmoqda. Majmua 10 ming nafar talabaga mo‘ljallangan.
Kampusda fakultetlar va rektorat binolari, kutubxona, muzey, ko‘rgazma va multimedia zallari, sport majmuasi, suzish havzasi hamda talabalar turar joylari bo‘ladi.
55 ming o‘rinli futbol stadioni
Yangi Toshkentda 55 ming tomoshabinga mo‘ljallangan zamonaviy futbol stadioni ham barpo etilmoqda. Uning qurilishi 2025-yil noyabrda boshlangan bo‘lib, ayni paytda ishlarning 65 foizi bajarilgan.
Stadion 2027-yilda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatining asosiy arenalaridan biri bo‘ladi. Bu yerda musobaqaning yarim final va final uchrashuvlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Olti qavatli sport majmuasi FIFA talablariga muvofiq qurilmoqda. Stadion hududida uchta mashg‘ulot maydoni va 5 ming 500 o‘rinli avtoturargoh tashkil etiladi. Arena yaqinida yangi metro bekati ham barpo qilinadi.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s sozidatelnoy rabotoy, provodimoy v Novom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.12.2025
Mirziyoyev Yangi Toshkentda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
Yangiliklar lentasi
0