https://oz.sputniknews.uz/20260728/davlat-idora-zarar-fuqaro-qoplanish-59325546.html
Davlat idorasi yetkazgan zarar: avval fuqaroga qoplanadi, so‘ng aybdordan undiriladi
Davlat idorasi yetkazgan zarar: avval fuqaroga qoplanadi, so‘ng aybdordan undiriladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda davlat organi yoki mansabdor shaxsning noqonuniy qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash tartibi belgilandi. Qonun 2027-yil 28-yanvardan kuchga kiradi.
2026-07-28T12:57+0500
2026-07-28T12:57+0500
2026-07-28T12:57+0500
yangi qonun
mansabdor
jamiyat
fuqaro
sud
o‘zbekiston
konstitutsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/669/08/6690862_74:2:1001:523_1920x0_80_0_0_ea11cb3b903482bd7a80d4f2d48aa733.jpg
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda davlat organi yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararni qoplashning yagona tartibi belgilandi. Prezident 27-iyul kuni tegishli qonunni imzoladi.Hujjat 2027-yil 28-yanvardan, ya’ni rasmiy e’lon qilinganidan olti oy o‘tgach kuchga kiradi.Eng asosiy o‘zgarish — fuqaro davlat idorasining noqonuniy qarori yoki mansabdorning harakatsizligi tufayli moddiy yoxud ma’naviy zarar ko‘rsa, tovon to‘lashning aniq moliyaviy mexanizmi ishlay boshlaydi.Buning uchun qaror, harakat yoki harakatsizlikning qonunga xilofligi, zarar yetkazilgani va uning miqdori sud tomonidan tasdiqlanishi kerak. To‘lov sud qarori asosida berilgan ijro varaqasi bo‘yicha hududiy kompensatsiya jamg‘armasidan amalga oshiriladi.Shundan keyin zarar yetkazilishiga kim aybdor ekani masalasi ko‘riladi. Agar aniq mansabdor shaxsning aybi qonuniy kuchga kirgan sud qarori bilan tasdiqlansa, to‘langan mablag‘ni undan qaytarish mexanizmi ishga tushadi. Aybdor tovonni ixtiyoriy ravishda ham qoplashi mumkin.Agar kompensatsiya avval jamg‘arma mablag‘idan to‘langan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimligi mansabdor ishlayotgan yoki avval ishlagan davlat organiga talabnoma kiritadi.Konstitutsiyaning 55-moddasida har kim davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararni davlatdan undirish huquqiga ega ekani belgilangan. Yangi qonun ushbu huquqni amalga oshirishning yagona tartibini belgilaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20260120/mansabdorlar-sud-ishtirok-majburiy-55006242.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/669/08/6690862_123:0:1023:675_1920x0_80_0_0_e16a1d842e83810ca30a60ac7b350157.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangi qonun, mansabdor, jamiyat, fuqaro, sud, o‘zbekiston, konstitutsiya
yangi qonun, mansabdor, jamiyat, fuqaro, sud, o‘zbekiston, konstitutsiya
Davlat idorasi yetkazgan zarar: avval fuqaroga qoplanadi, so‘ng aybdordan undiriladi
Yangi qonun fuqarolarga davlat organi yoki mansabdor shaxsning noqonuniy qarori tufayli yetgan zararni undirish tartibini belgiladi.
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda davlat organi yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararni qoplashning yagona tartibi belgilandi. Prezident 27-iyul kuni tegishli qonunni
imzoladi.
Hujjat 2027-yil 28-yanvardan, ya’ni rasmiy e’lon qilinganidan olti oy o‘tgach kuchga kiradi.
Eng asosiy o‘zgarish — fuqaro davlat idorasining noqonuniy qarori yoki mansabdorning harakatsizligi tufayli moddiy yoxud ma’naviy zarar ko‘rsa, tovon to‘lashning aniq moliyaviy mexanizmi ishlay boshlaydi.
Masalan, qonunga xilof qaror sabab fuqaroning mol-mulkiga zarar yetsa, u ortiqcha xarajat qilsa yoki ma’naviy ziyon ko‘rsa, sud orqali pul kompensatsiyasini talab qilishi mumkin.
Buning uchun qaror, harakat yoki harakatsizlikning qonunga xilofligi, zarar yetkazilgani va uning miqdori sud tomonidan tasdiqlanishi kerak. To‘lov sud qarori asosida berilgan ijro varaqasi bo‘yicha hududiy kompensatsiya jamg‘armasidan amalga oshiriladi.
Shundan keyin zarar yetkazilishiga kim aybdor ekani masalasi ko‘riladi. Agar aniq mansabdor shaxsning aybi qonuniy kuchga kirgan sud qarori bilan tasdiqlansa, to‘langan mablag‘ni undan qaytarish mexanizmi ishga tushadi. Aybdor tovonni ixtiyoriy ravishda ham qoplashi mumkin.
Agar kompensatsiya avval jamg‘arma mablag‘idan to‘langan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimligi mansabdor ishlayotgan yoki avval ishlagan davlat organiga talabnoma kiritadi.
Shu tariqa, fuqaro tovon olish uchun aybdor mansabdordan pul undirilishini kutib o‘tirmaydi. Avval sud qarori asosida zarar qoplanadi, keyin esa to‘langan mablag‘ni aybdor tomondan qaytarish masalasi hal etiladi.
Konstitutsiyaning 55-moddasida har kim davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararni davlatdan undirish huquqiga ega ekani belgilangan. Yangi qonun ushbu huquqni amalga oshirishning yagona tartibini belgilaydi.