https://oz.sputniknews.uz/20260727/uy-joy-subsidiya-59298893.html
Uy-joy subsidiyasiga arizalar qabuli bugun boshlanadi — kimlar olishi mumkin?
Uy-joy subsidiyasiga arizalar qabuli bugun boshlanadi — kimlar olishi mumkin?
Sputnik O‘zbekiston
Ipoteka subsidiyasiga ariza kimlar tomonidan va qayerda topshiriladi, davlat qanday xarajatlarni qoplaydi? Ijobiy xabarnoma nima uchun hali bank krediti berilganini anglatmaydi?
2026-07-27T11:29+0500
2026-07-27T11:29+0500
2026-07-27T11:29+0500
subsidiya
ipoteka
kredit
bank
jamiyat
uy
yaidxp
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0c/45625689_0:71:1350:830_1920x0_80_0_0_4a6010ac3837223e9a74dfd899cec719.jpg
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun qo‘shimcha arizalar qabuli 27-iyul kuni soat 15:00 da boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.Arizalar avval taqdim etilgan, ammo amal qilish muddati davomida foydalanilmagan subsidiya xabarnomalari hisobidan qabul qilinadi. Bundan tashqari:— ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i nomida O‘zbekiston hududida turar joy bo‘lmasligi;— oilaning o‘rtacha oylik daromadi belgilangan ijtimoiy mezonlarga mos kelishi;— kredit tarixi dasturda ishtirok etuvchi kamida bitta tijorat bankining ichki talablariga javob berishi lozim.Subsidiya uy-joyning to‘liq narxini qoplamaydi. Davlat mablag‘i ipoteka bo‘yicha boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplashga yo‘naltiriladi.Ariza qayerda topshiriladi?Arizani:— my.gov.uz portali;— MyGov mobil ilovasi;— Davlat xizmatlari markazlari orqali topshirish mumkin.My.gov.uz portalida mazkur davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi.Harbiy tuzilmalar xodimlari arizani bevosita Davlat xizmatlari markaziga borib topshiradi.Shuningdek, fuqaroning kredit tarixini olishga vaqtinchalik cheklov o‘rnatilmagani tekshirilishi lozim. Aks holda bank kredit tarixini o‘rgana olmaydi va bu arizaning rad etilishiga sabab bo‘lishi mumkin.Subsidiya olish to‘g‘risidagi ijobiy xabarnoma ipoteka krediti avtomatik ravishda ajratilishini anglatmaydi. Tijorat banki talabgorning to‘lov qobiliyati va kredit tarixini alohida baholaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20260602/yoshlar-imtiyoz-kredit-58031089.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0c/45625689_75:0:1275:900_1920x0_80_0_0_f9225ed82fbc07154f7d763f4305bdc9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
subsidiya, ipoteka, kredit, bank, jamiyat, uy, yaidxp
subsidiya, ipoteka, kredit, bank, jamiyat, uy, yaidxp
Uy-joy subsidiyasiga arizalar qabuli bugun boshlanadi — kimlar olishi mumkin?
O‘zbekistonda ipoteka subsidiyasi uchun qo‘shimcha arizalar qabuli boshlanadi. Talabgorlar kamida 30 ijtimoiy ball to‘plashi shart.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun qo‘shimcha arizalar qabuli 27-iyul kuni soat 15:00 da boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati
xabar berdi.
Arizalar avval taqdim etilgan, ammo amal qilish muddati davomida foydalanilmagan subsidiya xabarnomalari hisobidan qabul qilinadi.
Ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar asosida baholashda kamida 30 ball to‘plashi kerak.
— ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i nomida O‘zbekiston hududida turar joy bo‘lmasligi;
— oilaning o‘rtacha oylik daromadi belgilangan ijtimoiy mezonlarga mos kelishi;
— kredit tarixi dasturda ishtirok etuvchi kamida bitta tijorat bankining ichki talablariga javob berishi lozim.
Subsidiya uy-joyning to‘liq narxini qoplamaydi. Davlat mablag‘i ipoteka bo‘yicha boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplashga yo‘naltiriladi.
Ariza qayerda topshiriladi?
— Davlat xizmatlari markazlari orqali topshirish mumkin.
My.gov.uz portalida mazkur davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi.
Harbiy tuzilmalar xodimlari arizani bevosita Davlat xizmatlari markaziga borib topshiradi.
Ariza topshirishdan oldin OneID tizimida ishtirok etuvchi tijorat banklariga kredit tarixini baholash uchun shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat berilgan bo‘lishi kerak.
Shuningdek, fuqaroning kredit tarixini olishga vaqtinchalik cheklov o‘rnatilmagani tekshirilishi lozim. Aks holda bank kredit tarixini o‘rgana olmaydi va bu arizaning rad etilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Subsidiya olish to‘g‘risidagi ijobiy xabarnoma ipoteka krediti avtomatik ravishda ajratilishini anglatmaydi. Tijorat banki talabgorning to‘lov qobiliyati va kredit tarixini alohida baholaydi.