https://oz.sputniknews.uz/20260726/russia-kiev-zarba-59283837.html
Rossiya qo‘shinlari Kiyevdagi dron korxonalari va Chernomorsk portiga zarba berdi
Rossiya qo‘shinlari Kiyevdagi dron korxonalari va Chernomorsk portiga zarba berdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyevdagi dron ishlab chiqaruvchi korxona va yig‘ish joyi, shuningdek, Chernomorsk portida harbiy yuklar hamda yoqilg‘ini saqlashda foydalanilgan obyektlar zararlanganini bildirdi.
2026-07-26T12:57+0500
2026-07-26T12:57+0500
2026-07-26T12:57+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyoda
dunyo yangiliklari
ukraina
mudofaa vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/1b/58636883_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_e73a09bb5b873dcd33668637f7ca4c3f.jpg
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Rossiya armiyasi tungi guruhli zarba davomida Kiyevdagi dron ishlab chiqarish, yig‘ish va saqlash obyektlari hamda Odessa viloyatidagi Chernomorsk porti infratuzilmasini nishonga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Kiyevdagi “Smart Intelligent Systems” sanoat korxonasiga zarba berilgan. U yerda turli modifikatsiyadagi uchuvchisiz uchish apparatlari va ularning butlovchi qismlari ishlab chiqarilgani aytilmoqda.Xususan, korxonada uzoq va o‘rta masofaga uchuvchi dronlar uchun korpuslar, elektron komponentlar, navigatsiya asboblari, optika va akkumulyatorlar tayyorlangan.Ular orasida AQ-400 Scythe, AQ-100 Bayonet va RQ-100 Scout apparatlari borligi qayd etildi.Bundan tashqari, Chernomorsk portida harbiy yuklar va yoqilg‘i-moylash materiallarini yetkazib berish hamda saqlash uchun foydalanilgan infratuzilma obyektlariga zarba berilgan.Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, guruhli zarba yuqori aniqlikdagi quruqlik va havo bazasidagi qurollar bilan amalga oshirilgan
https://oz.sputniknews.uz/20260721/voloxovskoe-nazorat-russia-59176157.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/1b/58636883_161:0:1121:720_1920x0_80_0_0_ea4022e564e7830494b86018b2f25615.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, dunyo yangiliklari, ukraina, mudofaa vazirligi
dunyoda, dunyo yangiliklari, ukraina, mudofaa vazirligi
Rossiya qo‘shinlari Kiyevdagi dron korxonalari va Chernomorsk portiga zarba berdi
Rossiya Mudofaa vazirligi tungi guruhli zarbada Kiyevdagi dron ishlab chiqarish, yig‘ish va saqlash obyektlari hamda Chernomorsk porti infratuzilmasi nishonga olinganini ma’lum qildi
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Rossiya armiyasi tungi guruhli zarba davomida Kiyevdagi dron ishlab chiqarish, yig‘ish va saqlash obyektlari hamda Odessa viloyatidagi Chernomorsk porti infratuzilmasini nishonga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi
xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Kiyevdagi “Smart Intelligent Systems” sanoat korxonasiga zarba berilgan. U yerda turli modifikatsiyadagi uchuvchisiz uchish apparatlari va ularning butlovchi qismlari ishlab chiqarilgani aytilmoqda.
Xususan, korxonada uzoq va o‘rta masofaga uchuvchi dronlar uchun korpuslar, elektron komponentlar, navigatsiya asboblari, optika va akkumulyatorlar tayyorlangan.
Shuningdek, Kiyevning janubi-g‘arbidagi dronlarni yig‘ish va saqlash joyi zararlangani bildirildi. Rossiya tomoni ma’lumotiga ko‘ra, u yerda Ukraina–Amerika kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida oyiga mingtagacha turli dronlar ishlab chiqarilgan.
Ular orasida AQ-400 Scythe, AQ-100 Bayonet va RQ-100 Scout apparatlari borligi qayd etildi.
Bundan tashqari, Chernomorsk portida harbiy yuklar va yoqilg‘i-moylash materiallarini yetkazib berish hamda saqlash uchun foydalanilgan infratuzilma obyektlariga zarba berilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, guruhli zarba yuqori aniqlikdagi quruqlik va havo bazasidagi qurollar bilan amalga oshirilgan