https://oz.sputniknews.uz/20260726/khorezm-bioyoqilgi-zavod-59287591.html
Xorazmda $6,1 mlrdlik bioyoqilg‘i zavodi 2030-yilda ishga tushiriladi
Xorazmda $6,1 mlrdlik bioyoqilg‘i zavodi 2030-yilda ishga tushiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Xorazmda $6,1 mlrdlik bioyoqilg‘i zavodi bo‘yicha yangi kelishuv imzolandi. Korxona 2030-yilda ishga tushib, mahsulotining 70 foizini Uzbekistan Airportsga yetkazib beradi.
2026-07-26T17:17+0500
2026-07-26T17:17+0500
2026-07-26T17:17+0500
energetika
aeroport
yashil energiya
mehmonxona
baa
o‘zbekiston
investitsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/1a/59287423_1:0:950:534_1920x0_80_0_0_927f09f45f25550dc6cda2f03145c8ab.jpg
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Abu-Dabida BAAning Allied Biofuels va DEEM Engineering kompaniyalari o‘rtasida Xorazm viloyatining Tuproqqal’a tumanida bioyoqilg‘i ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.Kelishuv BAAning Allied Biofuels va DEEM Engineering kompaniyalari ishtirokida imzolangan. Loyihaning umumiy qiymati 6,1 mlrd dollar bo‘lib, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshiriladi.Zavod qurilishi 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan. Korxonani 2030-yilning uchinchi choragida to‘liq ishlab chiqarish quvvatiga olib chiqish rejalashtirilgan.Zavodda yiliga:Shu tariqa, korxonaning umumiy yillik ishlab chiqarish quvvati 415 ming tonnani tashkil etadi.Loyihada jo‘xori poyasini xomashyo sifatida qayta ishlash va vodorod texnologiyalaridan foydalanish ko‘zda tutilgan. Buning uchun Xorazm viloyatida 6 ming gektar yer ajratilgan.Ishlab chiqariladigan yoqilg‘ining 70 foizini Uzbekistan Airportsga yetkazib berish rejalashtirilgan. Qolgan qismi BAAning Emirates National Oil Company — ENOC kompaniyasiga eksport qilinadi.Allied Biofuels rahbari Alfred Benediktning ma’lum qilishicha, loyihani qisman moliyalashtirish uchun BlackRock/Global Infrastructure Partners mablag‘larini jalb qilish rejalashtirilgan.Kompaniya Urganch shahrida qiymati 250 mln dollar bo‘lgan besh yulduzli mehmonxona hamda 160 mln dollarlik, 300 o‘rinli zamonaviy klinika qurishni ham rejalashtirmoqda.DEEM Engineering bosh direktori Muhammad Alfalasi O‘zbekistondagi investitsiya muhiti va “yashil iqtisodiyot”ga qaratilayotgan e’tibor loyihani amalga oshirish uchun zamin yaratayotganini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251117/khwarazm-etanol-zavod-53543362.html
baa
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/1a/59287423_119:0:831:534_1920x0_80_0_0_26484a34726b826f7ecbc3fe9f4a7c43.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
energetika, aeroport, yashil energiya, mehmonxona, baa, o‘zbekiston, investitsiya
energetika, aeroport, yashil energiya, mehmonxona, baa, o‘zbekiston, investitsiya
Xorazmda $6,1 mlrdlik bioyoqilg‘i zavodi 2030-yilda ishga tushiriladi
Xorazmdagi $6,1 mlrdlik zavod 2030-yilda ishga tushirilib, yiliga 415 ming tonna aviatsiya yoqilg‘isi va “yashil dizel” ishlab chiqaradi.
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Abu-Dabida BAAning Allied Biofuels va DEEM Engineering kompaniyalari o‘rtasida Xorazm viloyatining Tuproqqal’a tumanida bioyoqilg‘i ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi
xabar berdi.
Kelishuv BAAning Allied Biofuels va DEEM Engineering kompaniyalari ishtirokida imzolangan. Loyihaning umumiy qiymati 6,1 mlrd dollar bo‘lib, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshiriladi.
Zavod qurilishi 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan. Korxonani 2030-yilning uchinchi choragida to‘liq ishlab chiqarish quvvatiga olib chiqish rejalashtirilgan.
110 ming tonna barqaror aviatsiya yoqilg‘isi — SAF;
300 ming tonna elektrosintetik aviatsiya yoqilg‘isi — e-SAF;
5 ming tonna “yashil dizel” ishlab chiqariladi.
Shu tariqa, korxonaning umumiy yillik ishlab chiqarish quvvati 415 ming tonnani tashkil etadi.
Loyihada jo‘xori poyasini xomashyo sifatida qayta ishlash va vodorod texnologiyalaridan foydalanish ko‘zda tutilgan. Buning uchun Xorazm viloyatida 6 ming gektar yer ajratilgan.
Ishlab chiqariladigan yoqilg‘ining 70 foizini Uzbekistan Airportsga yetkazib berish rejalashtirilgan. Qolgan qismi BAAning Emirates National Oil Company — ENOC kompaniyasiga eksport qilinadi.
Allied Biofuels rahbari Alfred Benediktning ma’lum qilishicha, loyihani qisman moliyalashtirish uchun BlackRock/Global Infrastructure Partners mablag‘larini jalb qilish rejalashtirilgan.
Kompaniya Urganch shahrida qiymati 250 mln dollar bo‘lgan besh yulduzli mehmonxona hamda 160 mln dollarlik, 300 o‘rinli zamonaviy klinika qurishni ham rejalashtirmoqda.
DEEM Engineering bosh direktori Muhammad Alfalasi O‘zbekistondagi investitsiya muhiti va “yashil iqtisodiyot”ga qaratilayotgan e’tibor loyihani amalga oshirish uchun zamin yaratayotganini ta’kidladi.