Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina Rostov viloyatiga keng ko‘lamli dron hujumi uyushtirdi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishMashina skoroy pomoshi viezjayet na vizov
Mashina skoroy pomoshi viezjayet na vizov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2026
Obuna bo‘lish
O‘tgan tunda Rostov viloyati va Qrimga dron hujumi uyushtirildi.
Rostov viloyatiga Ukraina Qurolli Kuchlarining havo hujumi natijasida besh kishi jarohat oldi.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Ukraina Qurolli Kuchlari o‘tgan tunda Rossiyaning Rostov viloyatiga keng ko‘lamli hujum uyushtirdi, deb ma’lum qildi viloyat gubernatori Yuriy Slyusar.
"Havo mudofaasi kuchlari mintaqaning barcha tumanlarida operatsiya o‘tkazdi. Natijada uchuvchisiz uchish apparatlari va raketalar yo‘q qilindi", deb yozgan u Maks platformasida.
Rostov-Donda dron hujumlarida to‘rt kishi va Krasnosulinskiy tumanida bir kishi jarohat oldi. Ularning barchasiga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Ikki kishi kasalxonaga yotqizildi deyiladi xabarda.

Undan tashqari, Ukrainaning o‘tgan tundagi hujumi oqibatida Qrim yarim orolining bir qismi elektr ta’minotisiz qoldi. Chelyabinsk va Xanti-Mansiysk o‘lkalarida ham dron xavfi e’lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 24-iyul kuni Ukraina Kirov viloyatiga bergan raketa zarbasi oqibatida 6 kishi qurbon bo‘lgan va 26 kishi yaralangan edi. Viloyat gubernatori Aleksandr Sokolov ushbu munosabat bilan 3 kunlik motam e’lon qildi.

Rossiya javobi

Rossiya fuqarolik infratuzilmasi va tinch aholiga berilgan zarbalarga javoban, Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainaning harbiy infratuzilmasi va mudofaa sanoati korxonalariga uzoq masofali aniq boshqariladigan qurollar va dronlar bilan zarba bermoqda.

Xususan, Odessa va Izmail portlaridagi harbiy nishonlar, neft ta’minot omborlari yo‘q qilindi. Sumi va Zaporojye viloyatlarida Ukraina Qurolli kuchlarini ta’minlovchi "Novaya poshta" logistika markazlari va omborxonalarga zarba berildi.

Shuningdek, o‘tgan tunda Rossiya hududlari ustida jami 328ta Ukraina dronlari urib tushirildi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi.
Yangiliklar lentasi
0