Tanzila Narbayeva “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi

© Press-slujba Senata Oliy MajlisaTanzila Narbayeva prinyala uchastie v Forume jenshin-liderov v Turkmenistane.
Tanzila Narbayeva prinyala uchastie v Forume jenshin-liderov v Turkmenistane. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2026
Obuna bo‘lish
Davlat boshqaruvi sohasida ko‘p yillik samarali mehnati hamda 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan deyiladi farmonda.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqda prezident farmonida aytib o‘tilgan.
"Jonkuyar tashkilotchi va tashabbuskor rahbar sifatidagi boy bilim va tajribasi, vatanparvarlik fazilatlari bilan milliy davlatchiligimizning huquqiy asoslarini mustahkamlash, yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, ayollarning o‘rni va nufuzini yuksaltirishga katta hissa qo‘shib, xalqimiz o‘rtasida munosib obro‘-e’tibor qozonib kelayotgani, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati, shuningdek, tavalludining 70-yilligi munosabati bilan", - deyiladi Farmon matnida.

Tanzila Kamalovna Narbayeva 1956-yil 24-iyulda Andijon viloyati, Shahrixon tumanida tug‘ilgan.

2010–2016 yillarda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimlarida ishlagan.

2019 yil 21-iyundan beri O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi lavozimida ishlab kelmoqda. Narbayeva O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi lavozimini egallagan birinchi ayoldir.
Tanzila Narbayeva pedagogika fanlari doktori, sotsiologiya fanlari doktori va professor darajasiga ega.
Yangiliklar lentasi
0