Saidov Cho‘lponotada ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

© Telegram-kanal/ Baxtiyor Saidov
Obuna bo‘lish
Yig‘ilish yakunida tashkilotga a’zo davlatlar vazirlari qator hujjatlarni imzoladi.
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.
“Bo‘lajak ShHT sammitiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Tashkilot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, iqtisodiy va transport-logistika aloqalarini kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashga oid dolzarb masalalarni muhokama qildik”, - deya yozdi Saidov o‘zining Telegram-kanalida.
Ta’kidlanishicha, yig‘ilish yakunida vazirlar qator hujjatlarni imzoladi.
Anjuman doirasida delegatsiyalar rahbarlari bilan birgalikda ramziy ma’noga ega bo‘lgan kartinani yaratish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

1/4
© Telegram-kanal/ Baxtiyor Saidov

2/4
© Telegram-kanal/ Baxtiyor Saidov

3/4
© Telegram-kanal/ Baxtiyor Saidov

4/4
© Telegram-kanal/ Baxtiyor Saidov
1/4
© Telegram-kanal/ Baxtiyor Saidov
2/4
© Telegram-kanal/ Baxtiyor Saidov
3/4
© Telegram-kanal/ Baxtiyor Saidov
4/4
© Telegram-kanal/ Baxtiyor Saidov
“Ushbu tashabbus ShHT makonida o‘zaro ishonch, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik ruhini yanada mustahkamlashga bo‘lgan umumiy intilishimizning ifodasi bo‘ldi”, - deya ta’kidladi O‘zbekiston TIV rahbari.
Shanxay hamkorlik tashkiloti
ShHT 2001-yilda tashkil etilgan. Unga Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston a’zo.
Muloqot bo‘yicha hamkor davlatlar: Ozarbayjon, Armaniston, Bahrayn, Misr, Kambodja, Qatar, Kuvayt, Laos, Maldiv orollari, Myanma, Nepal, BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Shri-Lanka.
Kuzatuvchi davlatlar: Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston.