Toshkentda narkotik tarqatgan uch nafar Ukraina fuqarosi qo‘lga olindi

© Sputnik / StringerArestovanniy v naruchnikax
Arestovanniy v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2026
Obuna bo‘lish
Ulardan jami 2,4 kgdan ortiq narkotik moddasi musodara qilindi.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Toshkentda giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullangan uch nafar Ukraina fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar berdi.
DXXning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va poytaxt IIBB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Ma’lum qilinishicha, 1994, 1997 va 2001-yillarda tug‘ilgan uch nafar Ukraina fuqarosi 12-iyun kuni O‘zbekistonga kelgan. Ular vaqtincha istiqomat qilayotgan Yashnobod tumanidagi ikkita xonadon ko‘zdan kechirilgan.
Xonadonlardan poytaxtning turli hududlariga “zakladka” usulida tarqatish uchun kichik bo‘laklarga bo‘lib qo‘yilgan gashish, mefedron va alfa-PVP topildi. Ularning umumiy og‘irligi 1 kilogramm 945 grammni tashkil etdi.
Shuningdek, internetdagi narkotik do‘kon tashkilotchilari ularga keyinchalik qadoqlab tarqatish uchun xufiya joyda qoldirgan yana 460 gramm mefedron va alfa-PVP olindi.
Tezkor tadbir davomida jami 2 kilogramm 405 gramm giyohvandlik moddasi ashyoviy dalil sifatida musodara qilindi.
Qo‘lga olinganlarga nisbatan giyohvandlik vositalarini sotish bilan bog‘liq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Sotrudnikami SGB i MVD provedeni meropriyatiya po borbe s nezakonnim oborotom narkotikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2026
O‘zbekistonda marixuana, geroin va kannabis bilan bog‘liq holatlar fosh etildi
Yangiliklar lentasi
0