O‘zbekistonda yirik madaniy tadbirlar yagona operatorga topshiriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvennoy seremonii otkritiya trinadsatogo Mejdunarodnogo muzikalnogo festivalya "Shark taronalari".
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvennoy seremonii otkritiya trinadsatogo Mejdunarodnogo muzikalnogo festivalya Shark taronalari. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2026
Obuna bo‘lish
Amaldagi Xalqaro festivallar direksiyasi negizida Madaniy loyihalar milliy operatori tashkil etiladi. U yirik tadbirlarni o‘tkazadi va qator imtiyozlarga ega bo‘ladi.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda yirik xalqaro va respublika miqyosidagi madaniy tadbirlarni tashkil etish yagona operatorga topshiriladi. Bu prezidentning 17-iyuldagi PQ-270-son qarorida nazarda tutilgan.
21 iyuldan kuchga kiradigan ushbu qarorga ko‘ra, Madaniyat vazirligi huzuridagi “Xalqaro festivallar direksiyasi” davlat muassasasi negizida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi huzurida “Madaniy loyihalar milliy operatori” tashkil etiladi.
Shu tariqa, gap butunlay yangi tashkilot ochish haqida emas, balki amaldagi direksiyani qayta tashkil etish va uni boshqa tuzilma tizimiga o‘tkazish haqida bormoqda.
Milliy operator yirik xalqaro madaniy tadbirlarni tashkil etish va ularni xorijda targ‘ib qilish, mashhur ijrochilar ishtirokidagi konsertlarga buyurtmachi bo‘lish hamda “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini tayyorlash uchun mas’ul bo‘ladi.
Operatorga xalqaro va respublika miqyosidagi madaniy tadbirlarni o‘tkazishda jamoat tartibini saqlash, tez tibbiy yordam va yo‘l-patrul xizmatlaridan bepul foydalanish huquqi beriladi.
Milliy operatorning boshqaruv xodimlari cheklangan soni 18 nafar etib belgilandi. Operator tashkil etadigan madaniy tadbirlarda jami chiptalarning 10 foizi bepul ajratiladi.
Milliy operator faoliyati jamg‘arma mablag‘lari, madaniy tadbirlar va xizmatlardan tushumlar, homiylik va xayriya mablag‘lari, grantlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali kelgusi yildan boshlab har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. Milliy operator festivalga tashkiliy va texnik jihatdan tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bo‘yicha ijrochi operator etib belgilandi.
Vstrecha prezidenta s rabotnikami kulturi i iskusstva. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2026
Yosh iste’dodlarga 300 mln so‘mgacha mukofot: madaniyat sohasida yangi tizim joriy etiladi
Yangiliklar lentasi
0