https://oz.sputniknews.uz/20260719/kimyo-olimpiada-uzbekistan-ishtirokchi-medal-59135792.html
Toshkentdagi kimyo olimpiadasi: O‘zbekistonning barcha ishtirokchisi medal oldi
Toshkentdagi kimyo olimpiadasi: O‘zbekistonning barcha ishtirokchisi medal oldi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik to‘rt o‘quvchining barchasi Toshkentdagi IChO-2026 sovrindori bo‘ldi. Jamoa bir oltin va uchta kumush medal oldi, o‘quvchilarga 2,884 mlrd so‘m mukofot ko‘zda tutilgan.
2026-07-19T19:28+0500
2026-07-19T19:28+0500
2026-07-20T10:16+0500
ta’lim
maktab
o‘quvchilar
rossiya
o‘zbekiston
samarqand
moskva
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/13/59132350_0:257:2730:1793_1920x0_80_0_0_d98873dc8e8c620173f60bb64d7fef9b.jpg
O‘zbekistonlik o‘quvchilar Toshkentda o‘tkazilgan 58-Xalqaro kimyo olimpiadasida — International Chemistry Olympiad (IChO-2026)da bir oltin va uchta kumush medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Rayhona To‘ymurodova oltin medalga sazovor bo‘ldi. Jasur Mustafoyev, Azizmuhammad Hafizov va Mirjalol Homidjonov esa kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, O‘zbekiston sharafini himoya qilgan barcha to‘rt nafar o‘quvchi olimpiada sovrindori bo‘ldi.G‘oliblarni taqdirlash marosimi "O‘zbekiston" xalqaro anjumanlar saroyida o‘tkazildi. Olimpiadada 94 ta davlatdan qariyb ming nafar maktab o‘quvchisi, jamoa rahbarlari, Xalqaro qo‘mita a’zolari, kuzatuvchilar va xorijiy mehmonlar ishtirok etdi.Toshkentdagi CAEx ko‘rgazma markazida tashkil etilgan nazariy turda esa o‘quvchilarga to‘qqizta vazifani bajarish uchun ham besh soat vaqt berildi. Topshiriqlar orasida O‘zbekiston tarixi, tabiati va ilmiy salohiyati bilan bog‘liq masalalar ham bo‘ldi.O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Ilhom Sirajev tabrik so‘zida ishtirokchilar sinovlar bilan birga mamlakatning madaniyati va tarixiy merosi bilan ham yaqindan tanishganini ta’kidladi.Moskva davlat universiteti gimnaziyasi direktori, universitet kimyo fakulteti professori va Xalqaro kimyo olimpiadasi ilmiy qo‘mitasi hamraisi Aleksandr Gladilin Sputnik muxbiriga tadbir tashkiliy, ilmiy va musobaqa nuqtayi nazaridan yuqori saviyada o‘tganini aytdi.Gladilin olimpiadani o‘tkazish uchun O‘zbekiston milliy universitetida yaratilgan sharoitlarga ham alohida to‘xtaldi.Olimpiada yakunlariga ko‘ra, 41 nafar ishtirokchi oltin, 74 nafari kumush va 112 nafari bronza medal bilan taqdirlandi.Kumush medal sohibi Mirjalol Homidjonovning aytishicha, uni oltin medaldan yarim ballga yaqin natija ajratib qolgan.O‘zbekiston prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi qaroriga muvofiq, nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlariga pul mukofotlari berilishi belgilangan.Oltin medal sohibi 1 mlrd 30 mln so‘m, uni tayyorlagan o‘qituvchi esa 185,4 mln so‘m oladi. Kumush medal uchun o‘quvchiga 618 mln so‘m, ustoziga 103 mln so‘m beriladi. Bronza medal uchun mukofot miqdori o‘quvchiga 412 mln so‘m, o‘qituvchiga 61,8 mln so‘mni tashkil etadi.Shu tariqa, O‘zbekistonning to‘rt nafar sovrindoriga jami 2 mlrd 884 mln so‘m mukofot berilishi ko‘zda tutilgan. Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan pedagoglarning malaka toifasi ham bir pog‘onaga oshiriladi.Rossiyadan kelgan to‘rt nafar individual ishtirokchining barchasi ham munosib qatnashdi: Arseniy Gasanenko, Yaroslav Kosolapov, Pavel Sheptunov va Igor Ustinov oltin medallarga sazovor bo‘ldi.Rossiya jamoasi rahbari, Moskva davlat universiteti kimyo fakulteti dotsenti Aleksandr Belov musobaqaning murakkabligi va madaniy dasturni yuqori baholadi.Arseniy Gasanenko oltin medal bilan birga olimpiadaning mutlaq g‘olibi unvonini ham qo‘lga kiritdi.Yopilish marosimida ishtirokchilar va mehmonlarga konsert dasturi namoyish etildi. Shuningdek, Xalqaro kimyo olimpiadasi bayrog‘ini keyingi mezbonga tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.2027 yilgi 59-Xalqaro kimyo olimpiadasi Xitoy Taypeyida o‘tkaziladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/13/59132350_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_401886fe182b9cff720b5dbfba2715bd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ta’lim, maktab, o‘quvchilar, rossiya, o‘zbekiston, samarqand, moskva, jamiyat
ta’lim, maktab, o‘quvchilar, rossiya, o‘zbekiston, samarqand, moskva, jamiyat
Toshkentdagi kimyo olimpiadasi: O‘zbekistonning barcha ishtirokchisi medal oldi
19:28 19.07.2026 (yangilandi: 10:16 20.07.2026) Eksklyuziv
O‘zbekiston jamoasining barcha to‘rt a’zosi sovrindor bo‘ldi. O‘quvchilarga jami 2 mlrd 884 mln so‘m pul mukofoti berilishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekistonlik o‘quvchilar Toshkentda o‘tkazilgan 58-Xalqaro kimyo olimpiadasida — International Chemistry Olympiad (IChO-2026)da bir oltin va uchta kumush medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Rayhona To‘ymurodova oltin medalga sazovor bo‘ldi. Jasur Mustafoyev, Azizmuhammad Hafizov va Mirjalol Homidjonov esa kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, O‘zbekiston sharafini himoya qilgan barcha to‘rt nafar o‘quvchi olimpiada sovrindori bo‘ldi.
G‘oliblarni taqdirlash marosimi "O‘zbekiston" xalqaro anjumanlar saroyida o‘tkazildi. Olimpiadada 94 ta davlatdan qariyb ming nafar maktab o‘quvchisi, jamoa rahbarlari, Xalqaro qo‘mita a’zolari, kuzatuvchilar va xorijiy mehmonlar ishtirok etdi.
Musobaqa amaliy va nazariy bosqichlardan iborat bo‘ldi. O‘zbekiston milliy universitetida o‘tkazilgan amaliy turda ishtirokchilar besh soat davomida uchta laboratoriya ishini bajardi.
Toshkentdagi CAEx ko‘rgazma markazida tashkil etilgan nazariy turda esa o‘quvchilarga to‘qqizta vazifani bajarish uchun ham besh soat vaqt berildi. Topshiriqlar orasida O‘zbekiston tarixi, tabiati va ilmiy salohiyati bilan bog‘liq masalalar ham bo‘ldi.
O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Ilhom Sirajev tabrik so‘zida ishtirokchilar sinovlar bilan birga mamlakatning madaniyati va tarixiy merosi bilan ham yaqindan tanishganini ta’kidladi.
"Biz uchun eng katta yutuq - bu mamlakatni nafaqat medallar, balki unutilmas xotiralar, yangi do‘stlar va yorqin taassurotlar bilan tark etayotganingizdir", - dedi u.
Moskva davlat universiteti gimnaziyasi direktori, universitet kimyo fakulteti professori va Xalqaro kimyo olimpiadasi ilmiy qo‘mitasi hamraisi Aleksandr Gladilin Sputnik muxbiriga tadbir tashkiliy, ilmiy va musobaqa nuqtayi nazaridan yuqori saviyada o‘tganini aytdi.
"Hammaga juda yoqdi. Vazifalar oson emas edi, lekin o‘quvchilar ham nazariy, ham amaliy topshiriqlarni yaxshi bajarishdi", - dedi u.
Gladilin olimpiadani o‘tkazish uchun O‘zbekiston milliy universitetida yaratilgan sharoitlarga ham alohida to‘xtaldi.
"Men so‘nggi bir yil ichida O‘zbekiston milliy universitetiga bir necha bor tashrif buyurganman va taqqoslashim mumkin bo‘lgan narsalar bor. Katta ishlar amalga oshirildi, o‘ttizdan ortiq zamonaviy, to‘liq jihozlangan kimyo laboratoriyalari tashkil etildi, ular O‘zbekistondagi ta’lim ishiga xizmat qiladi va darslarni, birinchi navbatda, amaliy mashg‘ulotlarni mutlaqo yangi sifat darajasida o‘tkazish imkonini beradi", - deya ta’kidladi u.
Olimpiada yakunlariga ko‘ra, 41 nafar ishtirokchi oltin, 74 nafari kumush va 112 nafari bronza medal bilan taqdirlandi.
Kumush medal sohibi Mirjalol Homidjonovning aytishicha, uni oltin medaldan yarim ballga yaqin natija ajratib qolgan.
"Bugun juda hayajonlandim. Men eng yuqori ball olgan kumush medalni qo‘lga kiritdim. Oltinga ozgina kamlik qildi, taxminan 0,5-0,6 ball. Biroz qayg‘uli. Lekin, umuman olganda, natijamdan mamnunman. Men bunga uch yil tayyorlandim. To‘qqizinchi sinfdan o‘qituvchim Mahfuza Boltayeva bilan shug‘ullana boshladik. U menga bergan va o‘rgatgan hamma narsa uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman", - deydi Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Mirjalol Homidjonov.
O‘zbekiston prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi qaroriga muvofiq, nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlariga pul mukofotlari berilishi belgilangan.
Oltin medal sohibi 1 mlrd 30 mln so‘m, uni tayyorlagan o‘qituvchi esa 185,4 mln so‘m oladi. Kumush medal uchun o‘quvchiga 618 mln so‘m, ustoziga 103 mln so‘m beriladi. Bronza medal uchun mukofot miqdori o‘quvchiga 412 mln so‘m, o‘qituvchiga 61,8 mln so‘mni tashkil etadi.
Shu tariqa, O‘zbekistonning to‘rt nafar sovrindoriga jami 2 mlrd 884 mln so‘m mukofot berilishi ko‘zda tutilgan. Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan pedagoglarning malaka toifasi ham bir pog‘onaga oshiriladi.
Rossiyadan kelgan to‘rt nafar individual ishtirokchining barchasi ham munosib qatnashdi: Arseniy Gasanenko, Yaroslav Kosolapov, Pavel Sheptunov va Igor Ustinov oltin medallarga sazovor bo‘ldi.
Rossiya jamoasi rahbari, Moskva davlat universiteti kimyo fakulteti dotsenti Aleksandr Belov musobaqaning murakkabligi va madaniy dasturni yuqori baholadi.
"Olimpiada juda murakkab o‘tdi. Topshiriqlar to‘plami ham nazariya, ham amaliyot jihatidan og‘ir edi. Ammo shunga qaramay, olimpiada qiziqarli, mazmunli, yorqin bo‘ldi va biz bu yerga yana bir bor mamnuniyat bilan kelgan bo‘lardik. Madaniy dastur ham bizni hayratda qoldirdi. Biz O‘zbekiston madaniyati bilan tanishdik, hatto Samarqandga sayohat qildik, u yerda bir yoki hatto ikki ming yillik qadimiy yodgorliklarni ko‘rdik va bu, albatta, ta’sirli. Va, albatta, yigitlarning rahbari va murabbiyi sifatida men ular uchun juda xursandman", - dedi rossiyalik individual ishtirokchilar guruhi rahbari, Moskva davlat universiteti kimyo fakulteti dotsenti Aleksandr Belov.
Arseniy Gasanenko oltin medal bilan birga olimpiadaning mutlaq g‘olibi unvonini ham qo‘lga kiritdi.
"Kimoga kelganimga ancha bo‘ldi, 6-sinfda shug‘ullana boshladim. Avval Rossiya olimpiadalarini oldim, keyin IJSOning mutlaq g‘olibini oldim - bu o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasi bo‘lib, u uchta fan: kimyo, biologiya va fizika bo‘yicha o‘tkaziladi. Bu yerda, Toshkentda topshiriqlar murakkab, ammo qiziqarli edi. Men o‘zim va mamlakatim uchun juda xursandman", - dedi Arseniy.
Yopilish marosimida ishtirokchilar va mehmonlarga konsert dasturi namoyish etildi. Shuningdek, Xalqaro kimyo olimpiadasi bayrog‘ini keyingi mezbonga tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
2027 yilgi 59-Xalqaro kimyo olimpiadasi Xitoy Taypeyida o‘tkaziladi.