Yangi o‘quv yili uchun oliygohlarga qabul kvotalari tasdiqlandi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovAbituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi Uzbekistana
Abituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2026
Obuna bo‘lish
Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari uchun davlat granti kvotalari 35 foizga ko‘paytirildi.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda 2026/27 o‘quv yili uchun OTMlarga qabul kvotalari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Davlat komissiyasi qaroriga ko‘ra, davlat oliygohlarining kunduzgi ta’lim shakliga bakalavriat uchun 155 852 ta, magistratura uchun 22 050 ta o‘rin ajratildi.

Shuningdek, bakalavriatning kechki va masofaviy ta’limiga mos ravishda 28 942 ta va 20 810 ta, magistraturaning ushbu shakllariga esa 1 393 ta va 892 ta kvota belgilandi.

Qarorga ko‘ra, axborot texnologiyalari va SI yo‘nalishlari bo‘yicha davlat grantlari 35 foizga oshirildi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar, yetim bolalar, harbiylar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari farzandlari, “Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar hamda xotin-qizlar uchun alohida grant kvotalari saqlab qolindi.
Muhandislik, AT, pedagogika va agrar yo‘nalishlar ustuvor sohalar sifatida belgilandi.
Abituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2026
Ikkinchi mutaxassislik uchun onlayn arizalar qabul qilish boshlandi
Yangiliklar lentasi
0