https://oz.sputniknews.uz/20260718/ozbekiston-prezidenti-davlat-xavfsizlik-xizmati-59111709.html
O‘zbekiston prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatiga yangi rais tayinlandi
O‘zbekiston prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatiga yangi rais tayinlandi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident farmoni bilan Rustam Jo‘rayev O‘zbekiston prezidenti davlat xavfsizlik xizmati rahbari etib tayinlandi. U yangi lavozimda 2020-yilning dekabridan buyon PDXXga rahbarlik qilib kelgan Alisher Usmonovning o‘rnini egalladi. Rustam Jo‘rayev 1968-yilda tug‘ilgan. 1994-yilda Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.1994−2008 yillarda IIV tizimida turli lavozimlarda, 2008−2012 yillarda esa Prezident apparatida faoliyat yuritgan.
2026-07-18T10:06+0500
2026-07-18T10:06+0500
2026-07-18T10:25+0500
siyosat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/0c/14959369_8:0:1274:712_1920x0_80_0_0_d3f042c4fd989eaa159c256d0c77b296.jpg
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Prezident farmoni bilan Rustam Jo‘rayev O‘zbekiston prezidenti davlat xavfsizlik xizmati rahbari etib tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.Davlat rahbari, shuningdek, Rustam Jo‘rayevga general-leytenant maxsus unvonini berdi.Rustam Jo‘rayev yangi lavozimga tayinlangunga qadar, 2026-yil yanvaridan beri ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.U yangi lavozimda 2020-yilning dekabridan buyon PDXXga rahbarlik qilib kelgan Alisher Usmonovning o‘rnini egalladi.Rustam Jo‘rayev 1968-yilda tug‘ilgan. 1994-yilda Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.1994−2008 yillarda IIV tizimida turli lavozimlarda, 2008−2012 yillarda esa Prezident apparatida faoliyat yuritgan.2012−2015 yillarda Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan. 2015-yilda Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasini boshqargan, so‘ngra 2017-yilgacha Xorazm viloyati IIBga rahbarlik qilgan.2017−2018 yillarda favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimida ishlagan.2018 yilning fevralidan 2020-yilning martigacha ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Toshkent shahri IIBB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan, shundan so‘ng Milliy gvardiya qo‘mondoni etib tayinlangan. U ushbu tuzilmaga 2020-yilning martidan 2026-yilning yanvariga qadar rahbarlik qilgan.Prezident davlat xavfsizlik xizmati — prezident, uning oila a’zolari, sobiq prezident va uning butun hayoti davrida oila a’zolari, tashrif bilan kelgan xorijiy davlatlar rahbarlari va boshqa qo‘riqlanuvchi shaxslar, shuningdek, ularga tegishli obyektlar va harakatlanish yo‘nalishlari xavfsizligi uchun mas’ul bo‘lgan maxsus davlat organidir.Xizmat ular bo‘ladigan joylar va transport vositalarini, shuningdek, xizmatga berilgan yoki prezident hujjatlari bilan belgilangan binolar, inshootlar, yer maydonlari, suv obyektlari va boshqa obyektlarni qo‘riqlaydi. PDXX bevosita davlat rahbariga bo‘ysunadi va unga hisobdordir.
https://oz.sputniknews.uz/20260710/sardor-umurzakov-58955233.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/0c/14959369_166:0:1115:712_1920x0_80_0_0_8f668dcc4d71c25d33dbaf364e9d8c17.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatiga yangi rais tayinlandi
10:06 18.07.2026 (yangilandi: 10:25 18.07.2026) 2020 yilning dekabridan buyon PDXXga rahbarlik qilib kelgan Alisher Usmonov ishdan ketdi.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Prezident farmoni bilan Rustam Jo‘rayev O‘zbekiston prezidenti davlat xavfsizlik xizmati rahbari etib tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi
xabar berdi.
Davlat rahbari, shuningdek, Rustam Jo‘rayevga general-leytenant maxsus unvonini berdi.
Rustam Jo‘rayev yangi lavozimga tayinlangunga qadar, 2026-yil yanvaridan beri ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
U yangi lavozimda 2020-yilning dekabridan buyon PDXXga rahbarlik qilib kelgan Alisher Usmonovning o‘rnini egalladi.
Rustam Jo‘rayev 1968-yilda tug‘ilgan. 1994-yilda Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.
1994−2008 yillarda IIV tizimida turli lavozimlarda, 2008−2012 yillarda esa Prezident apparatida faoliyat yuritgan.
2012−2015 yillarda Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan. 2015-yilda Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasini boshqargan, so‘ngra 2017-yilgacha Xorazm viloyati IIBga rahbarlik qilgan.
2017−2018 yillarda favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimida ishlagan.
2018 yilning fevralidan 2020-yilning martigacha ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Toshkent shahri IIBB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan, shundan so‘ng Milliy gvardiya qo‘mondoni etib tayinlangan. U ushbu tuzilmaga 2020-yilning martidan 2026-yilning yanvariga qadar rahbarlik qilgan.
Prezident davlat xavfsizlik xizmati — prezident, uning oila a’zolari, sobiq prezident va uning butun hayoti davrida oila a’zolari, tashrif bilan kelgan xorijiy davlatlar rahbarlari va boshqa qo‘riqlanuvchi shaxslar, shuningdek, ularga tegishli obyektlar va harakatlanish yo‘nalishlari xavfsizligi uchun mas’ul bo‘lgan maxsus davlat organidir.
Xizmat ular bo‘ladigan joylar va transport vositalarini, shuningdek, xizmatga berilgan yoki prezident hujjatlari bilan belgilangan binolar, inshootlar, yer maydonlari, suv obyektlari va boshqa obyektlarni qo‘riqlaydi. PDXX bevosita davlat rahbariga bo‘ysunadi va unga hisobdordir.