https://oz.sputniknews.uz/20260718/mirziyoev-yoqilgi-energetika-59109904.html
Mirziyoyev yoqilg‘i-energetikadagi tizimli muammolarni kuz-qish mavsumigacha hal etishni topshirdi
Mirziyoyev yoqilg‘i-energetikadagi tizimli muammolarni kuz-qish mavsumigacha hal etishni topshirdi
Sputnik O‘zbekiston
Yoqilg‘i-energetika sohasidagi murojaatlarning 50 foizi tabiiy va suyultirilgan gaz, 38,3 foizi elektr ta’minoti bilan bog‘liq. 18.07.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-07-18T09:21+0500
2026-07-18T09:21+0500
2026-07-18T09:21+0500
jamiyat
o‘zbekiston
energetika
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/12/59110044_0:134:2560:1574_1920x0_80_0_0_cb5dc2ccc25766485c086eaae96c07f9.jpg
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yoqilg‘i-energetika sohasida fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularda ko‘tarilgan muammolarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida bartaraf etish yuzasidan axborot berildi.Davlat rahbari matbuot xizmatiga ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarmida yoqilg‘i-energetika sohasiga oid 39 ming 220 ta murojaat kelib tushgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13 ming 820 ta yoki 26,1 foiz kam.Ularning 50 foizi tabiiy va suyultirilgan gaz, 38,3 foizi elektr ta’minoti bilan bog‘liq.Murojaatlarda asosan suyultirilgan gaz ballonlarini to‘ldirish, elektr ta’minotidagi uzilishlar, elektr tarmoqlarini qurish va ta’mirlash hamda tabiiy gaz bosimi bilan bog‘liq masalalar ko‘tarilgan.Murojaatlarning umumiy soni kamayganiga qaramay, har bir murojaatni alohida holat sifatida emas, balki muayan hudud, tarmoq yoki xizmatdagi muammoni ko‘rsatuvchi muhim signal sifatida o‘rganish zarurligi ta’kidlandi.Kuz-qish mavsumi oldidan takroriy murojaatlar kelib tushayotgan mahalla va obyektlarni xatlovdan o‘tkazish, elektr va gaz tarmoqlarining texnik holatini o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha hududlar kesimida manzilli rejalar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.Ayniqsa, elektr ta’minotida uzilishlar ko‘p kuzatilayotgan hududlarda tarmoq va transformatorlarni ta’mirlash, avariya brigadalarining shayligini oshirish, tabiiy gaz bosimi bilan bog‘liq muammolar mavjud joylarda ta’minot barqarorligini ta’minlash muhimligi qayd etildi.Shuningdek, suyultirilgan gaz ballonlarini to‘ldirish va aholiga yetkazib berish grafiklariga qat’iy rioya qilish, ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlarda qo‘shimcha zaxira va imkoniyatlarni safarbar etish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.Mavsumga tayyorgarlik ishlarini muddatida va sifatli yakunlash, aholi hamda ijtimoiy soha obyektlariga tabiiy va suyultirilgan gaz, shuningdek, boshqa yoqilg‘i resurslarini barqaror yetkazib berish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260717/toshkent-elektr-59103616.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/12/59110044_143:0:2418:1706_1920x0_80_0_0_7f39516debacdfdb60cd245e34c8ecc0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, energetika, shavkat mirziyoyev
jamiyat, o‘zbekiston, energetika, shavkat mirziyoyev
Mirziyoyev yoqilg‘i-energetikadagi tizimli muammolarni kuz-qish mavsumigacha hal etishni topshirdi
Yoqilg‘i-energetika sohasidagi murojaatlarning 50 foizi tabiiy va suyultirilgan gaz, 38,3 foizi elektr ta’minoti bilan bog‘liq.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yoqilg‘i-energetika sohasida fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularda ko‘tarilgan muammolarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida bartaraf etish yuzasidan axborot berildi.
Davlat rahbari matbuot xizmatiga
ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarmida yoqilg‘i-energetika sohasiga oid 39 ming 220 ta murojaat kelib tushgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13 ming 820 ta yoki 26,1 foiz kam.
Ularning 50 foizi tabiiy va suyultirilgan gaz, 38,3 foizi elektr ta’minoti bilan bog‘liq.
Murojaatlarda asosan suyultirilgan gaz ballonlarini to‘ldirish, elektr ta’minotidagi uzilishlar, elektr tarmoqlarini qurish va ta’mirlash hamda tabiiy gaz bosimi bilan bog‘liq masalalar ko‘tarilgan.
Murojaatlarning umumiy soni kamayganiga qaramay, har bir murojaatni alohida holat sifatida emas, balki muayan hudud, tarmoq yoki xizmatdagi muammoni ko‘rsatuvchi muhim signal sifatida o‘rganish zarurligi ta’kidlandi.
Kuz-qish mavsumi oldidan takroriy murojaatlar kelib tushayotgan mahalla va obyektlarni xatlovdan o‘tkazish, elektr va gaz tarmoqlarining texnik holatini o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha hududlar kesimida manzilli rejalar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Ayniqsa, elektr ta’minotida uzilishlar ko‘p kuzatilayotgan hududlarda tarmoq va transformatorlarni ta’mirlash, avariya brigadalarining shayligini oshirish, tabiiy gaz bosimi bilan bog‘liq muammolar mavjud joylarda ta’minot barqarorligini ta’minlash muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, suyultirilgan gaz ballonlarini to‘ldirish va aholiga yetkazib berish grafiklariga qat’iy rioya qilish, ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlarda qo‘shimcha zaxira va imkoniyatlarni safarbar etish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
“Davlatimiz rahbari mutasaddilarga murojaatlarda ko‘tarilgan tizimli muammolarni kuz-qish mavsumi boshlanguniga qadar hal etish, bunda mahalliy hokimliklar, “mahalla yettiligi” hamda kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan birgalikda tizimli ish olib borish zarurligiga urg‘u berildi”, - deyilgan xabarda.
Mavsumga tayyorgarlik ishlarini muddatida va sifatli yakunlash, aholi hamda ijtimoiy soha obyektlariga tabiiy va suyultirilgan gaz, shuningdek, boshqa yoqilg‘i resurslarini barqaror yetkazib berish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.