Valyuta operatsiyalarida yangi yengillik joriy etildi

© Sputnik / Vladimir TrefilovDenejnie kupuri
Denejnie kupuri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2026
Obuna bo‘lish
Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish kiritildi.
TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari endi ichki valyuta bozoridan sotib olingan valyuta mablag‘laridan foydalanish maqsadini qayta sotib olish amaliyotisiz o‘zgartirishi mumkin. Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga tegishli o‘zgartirish kiritildi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida“gi qonunning 15-moddasiga muvofiq, joriy xalqaro operatsiyalar bilan bog‘liq hollarda chet el valyutasini sotib olish yoki sotish cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, maxsus valyuta hisobvaraqlariga o‘tkazilgan mablag‘lar buyurtmada ko‘rsatilgan maqsadlar uchun sarflanishi shart edi.
Ilgari bir shartnoma doirasida sotib olingan valyuta mablag‘laridan boshqa shartnoma bo‘yicha foydalanish zarurati tug‘ilganda tadbirkorlar ushbu valyutani avval bankka sotishi, so‘ngra yangi maqsad uchun qayta sotib olishi talab etilardi.
Endi tadbirkorlik subyektlari ichki valyuta bozoridan sotib olingan valyuta mablag‘laridan foydalanish maqsadini belgilangan tartibda o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, mazkur o‘zgartish tadbirkorlar uchun ortiqcha vaqt va xarajatlarni qisqartirish, shuningdek, valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Mujchina schitayet na kalkulyatore - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2026
Tadbirkorlarni tekshirish tartibi o‘zgarmoqda: kimlar tekshirilmaydi
Yangiliklar lentasi
0