Dam olish kunlari jazirama kuchayadi

© Sputnik / Baxrom XatamovLeto u gorodskogo fontana
Leto u gorodskogo fontana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2026
Obuna bo‘lish
Janubda va cho‘l hududlarda +46…+48 darajagacha isiydi, seshanbadan issiq chekinishi kutilyapti.
TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. Juma va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq kuchayishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Kunduz kunlari havo +42…+45 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +46…+48 darajagacha isiydi.
Shamol 9−14 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15−18 m/s gacha kuchayadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zida 20−22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
20 iyul, dushanba kuni respublika hududining katta qismida estremal issiq ob-havo saqlanib turadi. Faqat O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida havo harorati pasayishi boshlanadi.
21 iyul, seshanba kuni respublikaning barcha hududlari bo‘yicha issiq chekina boshlaydi. Havo harorati 6−9 darajaga pasayishi prognoz qilinmoqda.
Toshkentda asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Juma kunduzgi havo harorati +41…+43 daraja, shanba va yakshanba kunlari +43…+45 daraja, kechalari esa harorat +25…+28 daraja bo‘ladi.
Jarkaya pogoda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2026
Bog‘chalar yopildi, transport cheklandi: O‘zbekistonda jazirama sabab qanday choralar ko‘rildi
Yangiliklar lentasi
0