O‘zbekiston Rossiya bilan qon xizmati va transplantologiya bo‘yicha hamkorlik qiladi

© Ministerstvo zdravooxraneniyaUzbekistan budet sotrudnichat s Rossiyey v oblasti slujbi krovi i transplantologii
Uzbekistan budet sotrudnichat s Rossiyey v oblasti slujbi krovi i transplantologii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2026
Obuna bo‘lish
Tomonlar donorlarni raqamli kuzatish, transplantologiya, yuqumli kasalliklarning oldini olish va laboratoriya nazorati bo‘yicha tajriba almashdi.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Federal tibbiy-biologiya agentligi rahbari Veronika Skvorsova va Rospotrebnadzor rahbari, Rossiya bosh davlat sanitariya shifokori Anna Popova bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Veronika Skvorsova bilan qon xizmati va transplantologiyani rivojlantirish, biologik xavfsizlikni ta’minlash hamda biomolekulyar va bioinjeneriya texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar donorlarni raqamli kuzatib borish tizimini joriy etish imkoniyatlarini ham muhokama qildi.
Anna Popova O‘zbekiston delegatsiyasiga Rossiyaning sanitariya-epidemiologik nazorat, genomik tahlil va yuqumli kasalliklarning oldini olish sohasidagi tajribasini taqdim etdi. Aholi salomatligiga xavf tug‘ilganda tezkor chora ko‘rish usullariga ham e’tibor qaratildi.
Tashrif davomida delegatsiya Rospotrebnadzorning ilmiy va laboratoriya bo‘linmalari faoliyati bilan tanishdi. Mutaxassislarga havo, suv va oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qilishda qo‘llanilayotgan zamonaviy usullar namoyish etildi.
Qon olish, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2026
Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi
Yangiliklar lentasi
0