https://oz.sputniknews.uz/20260716/uzbekistan-bokschilar-asia-chempionat-birinchi-59067810.html
O‘zbekiston U19 jamoasi boks bo‘yicha Osiyo chempionatida birinchi o‘rinni egalladi
O‘zbekiston U19 jamoasi boks bo‘yicha Osiyo chempionatida birinchi o‘rinni egalladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning U19 bokschilari Jakartadagi Osiyo chempionatida 7 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi. Avvalroq U19 va U23 qizlar jamoalari ham musobaqada g‘olib chiqqan edi yana.
2026-07-16T14:55+0500
2026-07-16T14:55+0500
2026-07-16T14:56+0500
sport
boks
indoneziya
chempionat
musobaqa
oltin medal
kumush medal
bronza medal
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/10/59067616_0:138:1170:796_1920x0_80_0_0_da40b4495c95f44261fe46cc9a0d165e.jpg
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekistonning U19 yosh toifasidagi yigitlar terma jamoasi Jakartada o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.Final janglarida sakkiz nafar o‘zbekistonlik bokschi ishtirok etib, ularning yettitasi chempionlikni qo‘lga kiritdi. Terma jamoa musobaqani 7 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan yakunladi.Oltin medal sohiblari:Kumush medal:Bronza medal:Ayni paytda chempionatda U23 yosh toifasidagi yigitlar o‘rtasida final janglari o‘tkazilmoqda. Musobaqa 3–16 iyul kunlari Indoneziya poytaxti Jakartada tashkil etildi.Avvalroq O‘zbekistonning U19 yosh toifasidagi qizlar terma jamoasi ham umumjamoa hisobida birinchi bo‘lgan edi. Vakillar 10 ta vazn toifasining faqat sakkiztasida ishtirok etib, 4 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.U19 qizlar o‘rtasida oltin medal:Kumush medal:U23 yosh toifasidagi qizlar terma jamoasi esa 6 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida g‘olib chiqdi.U23 qizlar o‘rtasida oltin medal:Kumush medal:Bronza medal:Shu tariqa, hozirgacha yakunlangan U19 yigitlar, U19 va U23 qizlar bahslarida O‘zbekiston terma jamoalari jami 17 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza — 24 ta medalni qo‘lga kiritdi. Uchala terma ham o‘z yosh toifasida umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi.
https://oz.sputniknews.uz/20260705/uzbekistan-kurashchilar-asia-chempionat-medal-58838669.html
indoneziya
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/10/59067616_0:147:1170:1025_1920x0_80_0_0_d36c33e3cf0cbc06406b11f068d56aa3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, boks, indoneziya, chempionat, musobaqa, oltin medal, kumush medal, bronza medal, o‘zbekiston
sport, boks, indoneziya, chempionat, musobaqa, oltin medal, kumush medal, bronza medal, o‘zbekiston
O‘zbekiston U19 jamoasi boks bo‘yicha Osiyo chempionatida birinchi o‘rinni egalladi
14:55 16.07.2026 (yangilandi: 14:56 16.07.2026) Jakartada finalga chiqqan sakkiz nafar o‘zbekistonlik bokschining yettitasi g‘alaba qozondi.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekistonning U19 yosh toifasidagi yigitlar terma jamoasi Jakartada o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati
xabar berdi.
Final janglarida sakkiz nafar o‘zbekistonlik bokschi ishtirok etib, ularning yettitasi chempionlikni qo‘lga kiritdi. Terma jamoa musobaqani 7 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan yakunladi.
50 kg: O‘tkirbek Norqosimov;
60 kg: Muhammadrizo Ukimov;
75 kg: Suhrob Rahmatullayev;
85 kg: Sardor Bahromxo‘jayev;
90 kg: Asadbek Sultanboyev.
70 kg: Saidxo‘ja Sadillaxo‘jayev.
Ayni paytda chempionatda U23 yosh toifasidagi yigitlar o‘rtasida final janglari o‘tkazilmoqda. Musobaqa 3–16 iyul kunlari Indoneziya poytaxti Jakartada tashkil etildi.
Avvalroq O‘zbekistonning U19 yosh toifasidagi qizlar terma jamoasi ham umumjamoa hisobida birinchi bo‘lgan edi. Vakillar 10 ta vazn toifasining faqat sakkiztasida ishtirok etib, 4 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.
U19 qizlar o‘rtasida oltin medal:
54 kg: Sabrina Chakomanova;
65 kg: Rushanabonu Isoyeva;
75 kg: Samira Turg‘unova.
51 kg: Nazokat Mardonova;
70 kg: Maftuna Yangiyeva.
U23 yosh toifasidagi qizlar terma jamoasi esa 6 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida g‘olib chiqdi.
U23 qizlar o‘rtasida oltin medal:
51 kg: Gulsevar G‘aniyeva;
57 kg: Xumorabonu Mamajonova;
60 kg: Mushtariybonu Ibrohimjonova;
65 kg: Sevinch Xurramova;
80 kg: Ruxshona Parpiyeva;
+80 kg: Sobiraxon Shaxobiddinova.
70 kg: Rayhona Qurbonboyeva.
54 kg: Uzukjamol Yunusova;
Shu tariqa, hozirgacha yakunlangan U19 yigitlar, U19 va U23 qizlar bahslarida O‘zbekiston terma jamoalari jami 17 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza — 24 ta medalni qo‘lga kiritdi. Uchala terma ham o‘z yosh toifasida umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi.