Rossiya kompaniyasi bilan O‘zbekistonda talab yuqori dorilarni ishlab chiqarish muhokama qilindi

© Ministerstvo zdravooxraneniyaS rossiyskoy kompaniyey obsujdeno proizvodstvo lekarstv v Uzbekistane
S rossiyskoy kompaniyey obsujdeno proizvodstvo lekarstv v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2026
Obuna bo‘lish
Tomonlar texnologiyalar transferi, talab yuqori dori vositalarini O‘zbekistonda ishlab chiqarish va qo‘shma ilmiy-ishlab chiqarish maydonlarini tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqdi.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning "GENERIUM" ilmiy-ishlab chiqarish kompaniyasi bilan mamlakatda talab yuqori bo‘lgan dori vositalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalasini muhokama qildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Muzokaralarda texnologiyalar transferini yo‘lga qo‘yish va qo‘shma ilmiy-ishlab chiqarish maydonlarini tashkil etish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.
Delegatsiya "GENERIUM" bazasida dori vositalarini yaratishdan tortib sanoat miqyosida ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq sikl bilan tanishdi. Kompaniya biotexnologik preparatlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Tashrif doirasida O‘zbekiston va Rossiyaning sog‘liqni saqlash hamda farmatsevtika sohalaridagi xususiy sektor vakillari o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari ham belgilandi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Xalqaro tibbiyot klasteri, shuningdek, "Lapino", "Hadassah Medical Moscow" va "Olimp Klinik MARS". klinikalari faoliyati bilan tanishdi. U yerda zamonaviy tibbiy standartlar, boshqaruv amaliyoti va bemor manfaatlarini ustuvor qo‘yishga asoslangan yondashuvlar muhokama qilindi.
Uzbekistan budet sotrudnichat s Rossiyey v oblasti slujbi krovi i transplantologii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2026
O‘zbekiston Rossiya bilan qon xizmati va transplantologiya bo‘yicha hamkorlik qiladi
Yangiliklar lentasi
0