https://oz.sputniknews.uz/20260716/russia-migrantlar-elektron-profill-telefon-59064875.html
Rossiyaga kelgan migrantlardan elektron profil o‘rnatilgan telefon talab qilinishi mumkin
Rossiyaga kelgan migrantlardan elektron profil o‘rnatilgan telefon talab qilinishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya IIV mehnat migrantlaridan elektron profilli telefon talab qilishni rejalashtirmoqda. Qurilma orqali ularning harakati kuzatiladi va hujjatlar muddati tugayotgani haqida ogohlantiriladi.
2026-07-16T13:26+0500
2026-07-16T13:26+0500
2026-07-16T13:26+0500
migrantlar
migratsiya
raqamli texnologiyalar
rossiya
chet el fuqarolari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/10/59064331_0:159:3077:1889_1920x0_80_0_0_2bdcbdefe94ee72b7dc9f517d25ff386.jpg
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Rossiyaga ishlash yoki uzoq muddat yashash uchun kelgan migrantlardan elektron profilli mobil telefon talab qilinishi mumkin. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Zubov Federatsiya Kengashi qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.Uning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda migrant ro‘yxatdan o‘tish vaqtida elektron profili joylashtirilgan telefonga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi. Ushbu qurilma orqali politsiya chet el fuqarosining qayerdaligini bilishi va uning bir aholi punktidan boshqasiga ko‘chganini nazorat qilishi mumkin.Telefon migrantni faqat kuzatish uchun emas, balki unga hujjatlarining amal qilish muddati tugayotgani yoki davlat idorasiga borishi zarurligi haqida xabar berish uchun ham ishlatiladi.Hozircha yangi tizim qachon va qaysi hududlarda joriy etilishi ma’lum qilinmadi. Shuningdek, tegishli qonun yoki boshqa normativ hujjat qabul qilingani haqida xabar berilmagan.Moskva va Moskva viloyatida 2025-yil sentabridan buyon migrantlarning joylashuvini “Amina” mobil ilovasi orqali nazorat qilish bo‘yicha tajriba amal qilmoqda. Unda mehnat migrantlari yashash joyi va uning o‘zgarishi haqida ichki ishlar organlariga masofadan, ya’ni geolokatsiya uzatgan holda xabardor qiladi va bu amaldagi qog‘ozli migratsiya ro‘yxati o‘rnini bosadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260604/russia-mehnat-migratsiya-nazorat-ozgarish-58097171.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/10/59064331_173:0:2902:2047_1920x0_80_0_0_3c9f02d7b66897e51b027b6d5b43580f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migrantlar, migratsiya, raqamli texnologiyalar, rossiya, chet el fuqarolari
migrantlar, migratsiya, raqamli texnologiyalar, rossiya, chet el fuqarolari
Rossiyaga kelgan migrantlardan elektron profil o‘rnatilgan telefon talab qilinishi mumkin
Rossiya IIV mehnat migrantlari va mamlakatga uzoq muddatga kelgan chet elliklarning harakatini elektron profil orqali kuzatish tizimini joriy etishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Rossiyaga ishlash yoki uzoq muddat yashash uchun kelgan migrantlardan elektron profilli mobil telefon talab qilinishi mumkin. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Zubov Federatsiya Kengashi qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum qildi, deb
xabar bermoqda RIA Novosti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda migrant ro‘yxatdan o‘tish vaqtida elektron profili joylashtirilgan telefonga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi. Ushbu qurilma orqali politsiya chet el fuqarosining qayerdaligini bilishi va uning bir aholi punktidan boshqasiga ko‘chganini nazorat qilishi mumkin.
“Biz har bir migrantning qayerdaligini bilamiz. U bir aholi punktidan boshqasiga nazoratsiz ko‘chib o‘ta olmaydi”, — dedi Zubov.
Telefon migrantni faqat kuzatish uchun emas, balki unga hujjatlarining amal qilish muddati tugayotgani yoki davlat idorasiga borishi zarurligi haqida xabar berish uchun ham ishlatiladi.
Hozircha yangi tizim qachon va qaysi hududlarda joriy etilishi ma’lum qilinmadi. Shuningdek, tegishli qonun yoki boshqa normativ hujjat qabul qilingani haqida xabar berilmagan.
Moskva va Moskva viloyatida 2025-yil sentabridan buyon migrantlarning joylashuvini “Amina” mobil ilovasi orqali nazorat qilish bo‘yicha tajriba amal qilmoqda. Unda mehnat migrantlari yashash joyi va uning o‘zgarishi haqida ichki ishlar organlariga masofadan, ya’ni geolokatsiya uzatgan holda xabardor qiladi va bu amaldagi qog‘ozli migratsiya ro‘yxati o‘rnini bosadi.