https://oz.sputniknews.uz/20260716/mahalla-yangi-vakolatlar-59072490.html
Mahallalarga 240 mlrd so‘m resurs va yangi vakolatlar beriladi
Mahallalarga 240 mlrd so‘m resurs va yangi vakolatlar beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Mahalla raislari "yettilik" ishini muvofiqlashtiradi, bankirlarga loyiha bo‘yicha vazifa qo‘yadi va ijtimoiy obyektlar uchun yerlarni auksionga chiqarishda ishtirok etadi. 16.07.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-07-16T17:56+0500
2026-07-16T17:56+0500
2026-07-16T17:57+0500
jamiyat
mahalla
shavkat mirziyoyev
o‘zbekiston
budjet
soliq
bank
kredit
imtiyoz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/10/59072314_0:230:2560:1670_1920x0_80_0_0_5c36e9cbf33449dc2de7ffbdfaa465cd.jpg
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda mahallalarda bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va infratuzilmani yaxshilash uchun jami 240 milliard so‘m resurs shakllantiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.Har bir mahallada kamida bitta daromadli loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Bunday tashabbuslar uchun "mahalla yettiligi"ga 10 million so‘mdan grant ajratiladi.Yangi Quva mahallasi misolida ishsizlarning imkoniyatlari, tomorqasi, kredit, uskuna va yerga ehtiyoji o‘rganilib, har bir fuqaro uchun aniq loyiha tayyorlash tartibi ko‘rsatildi.Rais hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, ijtimoiy xodim, profilaktika inspektori, soliqchi va mahalla bankirining haftalik hamda oylik ish rejalarini tasdiqlaydi va ulardan natija talab qiladi."Mahalla yettiligi"ni o‘qitish va hududlardagi muammolarga ilmiy yechimlar ishlab chiqish uchun Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi.Mahalla bankirlarining ish tartibi ham o‘zgaradi:Banklarga "Agrostar" kompaniyalari bilan birga "yetishtirish — qayta ishlash — saqlash — qadoqlash — sotish" zanjirini yaratib, bir oy ichida mingta mahallada ish boshlash topshirildi.Mahallalar budjeti ham qo‘shimcha manbalar hisobiga oshiriladi:Bu choralar hisobiga mahallalar budjetiga tushum 2026-yilda 1,6 trillion, kelasi yildan esa 2 trillion so‘mga yetishi kutilmoqda.Eng ko‘p tadbirkor ro‘yxatga olgan, yangi ish o‘rni yaratgan va qo‘shimcha soliq bazasini aniqlagan 200 ta mahallaga 2 milliard so‘mdan mukofot beriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251209/kambagallik-xoli-hudud-aholi-bandlik-54049025.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/10/59072314_238:0:2513:1706_1920x0_80_0_0_2932238819a58b9dabc2704cb8563f94.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, mahalla, shavkat mirziyoyev, o‘zbekiston, budjet, soliq, bank, kredit, imtiyoz
jamiyat, mahalla, shavkat mirziyoyev, o‘zbekiston, budjet, soliq, bank, kredit, imtiyoz
Mahallalarga 240 mlrd so‘m resurs va yangi vakolatlar beriladi
17:56 16.07.2026 (yangilandi: 17:57 16.07.2026) Mahalla raislari "yettilik" ishini muvofiqlashtiradi, bankirlarga loyiha bo‘yicha vazifa qo‘yadi va ijtimoiy obyektlar uchun yerlarni auksionga chiqarishda ishtirok etadi.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda mahallalarda bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va infratuzilmani yaxshilash uchun jami 240 milliard so‘m resurs shakllantiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida
ma’lum qilindi.
Har bir mahallada kamida bitta daromadli loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Bunday tashabbuslar uchun "mahalla yettiligi"ga 10 million so‘mdan grant ajratiladi.
Yangi Quva mahallasi misolida ishsizlarning imkoniyatlari, tomorqasi, kredit, uskuna va yerga ehtiyoji o‘rganilib, har bir fuqaro uchun aniq loyiha tayyorlash tartibi ko‘rsatildi.
Mahalla raislariga xususiy bog‘cha, maktab, klinika va sport inshooti qurish uchun bo‘sh yerlarni auksionga chiqarish bo‘yicha vakolat beriladi.
Rais hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, ijtimoiy xodim, profilaktika inspektori, soliqchi va mahalla bankirining haftalik hamda oylik ish rejalarini tasdiqlaydi va ulardan natija talab qiladi.
"Mahalla yettiligi"ni o‘qitish va hududlardagi muammolarga ilmiy yechimlar ishlab chiqish uchun Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi.
Mahalla bankirlarining ish tartibi ham o‘zgaradi:
bir bankirga ko‘pi bilan uchta mahalla biriktiriladi;
ikki haftada 400 nafar yangi bankir tanlab olinadi;
ular bir oy davomida namunali mahallalar tajribasini o‘rganadi;
1 avgustdan bankirlar o‘zlari topgan loyihalar uchun imtiyozli resurslardan foydalanadi.
Oilaviy tadbirkorlik uchun qo‘shimcha 2 trillion so‘m ajratildi. "Og‘ir" mahallalarda kredit stavkasi 17,5 foizdan 12 foizga tushirildi.
Banklarga "Agrostar" kompaniyalari bilan birga "yetishtirish — qayta ishlash — saqlash — qadoqlash — sotish" zanjirini yaratib, bir oy ichida mingta mahallada ish boshlash topshirildi.
Mahallalar budjeti ham qo‘shimcha manbalar hisobiga oshiriladi:
yer va mol-mulk solig‘ining mahallada qoladigan ulushi 10 foizdan 15 foizga oshirildi;
sanitariya qoidalarini buzish va noqonuniy qurilish uchun jarimalarning 10 foizi mahallaga o‘tkaziladi;
5 ming kvadrat metrgacha bo‘sh binolarni mahallaning o‘zi sotuvga chiqaradi;
noturar obyektlardan tushadigan yer va mol-mulk solig‘ining 5 foizi mahallada qoladi.
Bu choralar hisobiga mahallalar budjetiga tushum 2026-yilda 1,6 trillion, kelasi yildan esa 2 trillion so‘mga yetishi kutilmoqda.
Eng ko‘p tadbirkor ro‘yxatga olgan, yangi ish o‘rni yaratgan va qo‘shimcha soliq bazasini aniqlagan 200 ta mahallaga 2 milliard so‘mdan mukofot beriladi.