Qozog‘istonda PPSga chet elliklarning qonuniy turganini tekshirish vazifasi yuklatildi

© Polisia.kzNarukavniy shevron sotrudnika MVD Respubliki Kazaxstan
Narukavniy shevron sotrudnika MVD Respubliki Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2026
Obuna bo‘lish
25 iyuldan Qozog‘istonda PPS xodimlari chet elliklarning hujjatlarini tekshirganda pasport va vizaning amal qilish muddatiga e’tibor qaratishi shart bo‘ladi.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Qozog‘istonda patrul-post xizmati (PPS) vazifasini bajarayotgan politsiya xodimlarining chet el fuqarolari bilan ishlash tartibiga aniqlik kiritiladi. Bu haqda "Kazinform" mamlakat ichki ishlar vazirining 2026-yil 1-iyuldagi buyrug‘iga tayanib xabar berdi.
Yangi tartib transport obyektlari va metropolitenda, aholi punktlarida hamda shahar tashqarisidagi avtomobil yo‘llarida xizmat qilayotgan xodimlarga taalluqli.
Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning hujjatlarini tekshirishda PPS xodimlari quyidagilarga e’tibor beradi:
chet el pasportining amal qilish muddati;
yashash guvohnomasi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi;
viza mavjudligi va uning amal qilish muddati;
migratsiya kartasidagi ro‘yxatdan o‘tish belgisi;
Qozog‘istonda qonuniy turganini tasdiqlovchi hujjatlar.

Qoidabuzarlik aniqlansa, xodim Qozog‘istonning Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq chora ko‘radi.

Hujjatda patrul xodimlari chet elliklar va diplomatik vakolatxonalar xodimlari bilan faqat xizmat vazifalari doirasida muloqot qilishi ham belgilangan. Bunga huquqbuzarlikning oldini olish, transport qatnovi haqida ma’lumot berish, mehmonxona va umumiy ovqatlanish joylarini tushuntirish kiradi.
Shuningdek, patrul xodimlari migratsiya xizmatiga mamlakatdan chiqarib yuborilayotgan chet elliklarni davlat chegarasidagi nazorat punktigacha olib borishda yordam beradi.
Politsiya chet el fuqarosining poyezd yoki samolyotdan qolib ketgani, chet ellik ishtirokidagi huquqbuzarliklar va noqonuniy migratsiya holatlari haqida navbatchilik qismiga zudlik bilan xabar berishi shart.
O‘zgarishlar 2026-yil 25-iyuldan kuchga kiradi.
Rabochie na stroitelstve avtomobilnogo mosta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2026
Xorijda huquqi buzilganlarga yordam osonlashadi — ShHT ombudsmanlari kelishuvga erishdi
Yangiliklar lentasi
0