https://oz.sputniknews.uz/20260716/elektr-energiya-rekordlar-59065310.html
Jaziramada elektr energiyasi rekordlari ketma-ket uchinchi kun yangilandi
Jaziramada elektr energiyasi rekordlari ketma-ket uchinchi kun yangilandi
Sputnik O‘zbekiston
Jazirama sabab O‘zbekistonda elektr iste’moli va ishlab chiqarish rekordlari ketma-ket uchinchi kun yangilandi. 15-iyulda iste’mol 288,1 mln, ishlab chiqarish 291,4 mln kVt·soatga yetdi. Tarmoqlar kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda.
2026-07-16T14:11+0500
2026-07-16T14:11+0500
2026-07-16T14:11+0500
elektr energiyasi
energetika
energetika vazirligi
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/47/36/473697_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_a6b70d5800d9373c5f282de9c48ea3d6.jpg
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda jazirama fonida elektr energiyasi iste’moli va ishlab chiqarish bo‘yicha rekordlar ketma-ket uchinchi kun yangilandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Elektr energiyasi iste’moli va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari uch kun davomida quyidagicha o‘sdi:Taqqoslash uchun, aholi soni O‘zbekistonga yaqin bo‘lgan Polshada 2025-yilgi elektr energiyasi talabi sutkasiga o‘rtacha 474,6 million kVt·soatni, Marokashda esa 127,3 million kVt·soatni tashkil etgan.Yuqori yuklama sharoitida energetika korxonalarining avariya-ta’mirlash brigadalari kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda. Vazirlik texnik nosozliklar tufayli ayrim hududlarda elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260716/uzbekistan-jazirama-choralar-59057909.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/47/36/473697_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_2f89a3147d622e7392f07016992857d1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
elektr energiyasi, energetika, energetika vazirligi, jamiyat, o‘zbekiston
elektr energiyasi, energetika, energetika vazirligi, jamiyat, o‘zbekiston
Jaziramada elektr energiyasi rekordlari ketma-ket uchinchi kun yangilandi
15 iyul kuni elektr energiyasi iste’moli 288,1 million, ishlab chiqarish esa 291,4 million kVt·soatga yetib, yangi tarixiy maksimumlar qayd etildi.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda jazirama fonida elektr energiyasi iste’moli va ishlab chiqarish bo‘yicha rekordlar ketma-ket uchinchi kun yangilandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Elektr energiyasi iste’moli va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari uch kun davomida quyidagicha o‘sdi:
13 iyul: iste’mol — 278,6 million, ishlab chiqarish — 281,5 million kVt·soat;
14 iyul: iste’mol — 284 million, ishlab chiqarish — 287,3 million kVt·soat. Shu kuni iste’mol 283 million kVt·soatlik qishki tarixiy maksimumdan ham oshdi;
15 iyul: iste’mol — 288,1 million, ishlab chiqarish — 291,4 million kVt·soat. Bu bir kun avvalgi ko‘rsatkichlardan mos ravishda 4,1 million kVt·soatga ko‘p (qariyb 1,4 foiz).
Shunday qilib, uch kun ichida elektr energiyasi iste’moli 9,5 million, ishlab chiqarish esa 9,9 million kVt·soatga oshdi.
Taqqoslash uchun, aholi soni O‘zbekistonga yaqin bo‘lgan Polshada 2025-yilgi elektr energiyasi talabi sutkasiga o‘rtacha 474,6 million kVt·soatni, Marokashda esa 127,3 million kVt·soatni tashkil etgan.
Yuqori yuklama sharoitida energetika korxonalarining avariya-ta’mirlash brigadalari kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda. Vazirlik texnik nosozliklar tufayli ayrim hududlarda elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.