Top-5 mamlakat: O‘zbekistonga eng ko‘p sayyoh qayerdan kelmoqda

Obuna bo‘lish
Chegaradosh davlatlarni hisobga olmaganda, O‘zbekistonga eng ko‘p sayyoh an’anaviy ravishda Rossiyadan tashrif buyurgan.
O‘zbekistonga 2026-yilning yanvar–iyun oylarida turistik maqsadlarda 6,5 million nafardan ortiq xorijiy fuqaro tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 1,3 million nafarga yoki 24,9 foizga oshgan.
Joriy yilning dastlabki olti oyida O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar Qirg‘izistondan kelgan. Keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya va Afg‘oniston egallagan.
Shu tariqa, birinchi beshlikdan to‘rttasi O‘zbekiston bilan chegaradosh davlatlar hissasiga to‘g‘ri keldi. Chegaradosh mamlakatlarni hisobga olmaganda esa Rossiya sayyohlar soni bo‘yicha yetakchilik qildi.
Qaysi davlatdan qancha sayyoh kelgani haqida batafsil — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0