https://oz.sputniknews.uz/20260714/iiv-yarim-yillik-natijalarni-elon-qildi--asosiy-raqamlar-59024174.html
IIV yarim yillik natijalarni e’lon qildi — asosiy raqamlar
IIV yarim yillik natijalarni e’lon qildi — asosiy raqamlar
Sputnik O‘zbekiston
IIV 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlarini e’lon qildi. Olti oyda 5 778 mahallada jinoyat sodir etilmagan, 2 633 nafar bedarak shaxs topilgan va 5 010 nafar qidiruvdagi shaxs qo‘lga olingan.
2026-07-14T14:09+0500
2026-07-14T14:09+0500
2026-07-14T14:09+0500
iiv
xavfsizlik
yo‘l harakati qoidalari (yhq)
jazoni ijro etish muassasi
tonirovka
giyohvand moddalar
tergov
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/0e/59023947_1:0:1279:719_1920x0_80_0_0_57f19b9993ff017a760ad52cedb00f2b.jpg
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Olti oyda O‘zbekistondagi 5 778 ta mahallada jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi. Bu jami mahallalarning 64 foizini tashkil etadi.Bu haqda IIVda 2026-yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar va asosiy natijalarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.Matbuot anjumanida aytilishicha, jinoyat qayd etilgan mahallalarning 2 738 tasi yoki 30,4 foizi "sariq", 476 tasi yoki 5,3 foizi "qizil" toifaga kiritilgan.Hisobot davrida ichki ishlar organlariga 200 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 87 foizi qanoatlantirilgan.Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq 8 653 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoiy guruh va shaxslardan 2 tonna 733 kilogramm giyohvandlik vositalari, jumladan, 52 kilogrammdan ortiq sintetik modda hamda 2 million 651 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi olingan.Matbuot anjumanida joriy yilda 18 nafar ichki ishlar xodimi xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etgani, 78 nafar xodim esa xavfli vaziyatlarni bartaraf etish jarayonida jarohatlangani ham ma’lum qilindi.IIV tizimida xodimlar bilan bog‘liq salbiy holatlarning 75 foizi Komplayens xizmati tomonidan aniqlangan. Tergov jarayonlarini kamera orqali qayd etish qamrovi esa 100 foizga yetkazilgan.IIV vakillarining bildirishicha, avtomobil oynalarini qoraytirish uchun to‘lov miqdori 2019-yildan buyon 11 baravar kamaytirilgan, yon va orqa oynalarni qoraytirishga esa bepul ruxsat berilgan.Qayd etilishicha, Jazoni ijro etish departamentining “E-mahkum” hamda Adliya vazirligining “E-advokat” axborot tizimlari o‘zaro integratsiya qilinib, sinov tariqasida test rejimida ishlamoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260201/iiv--tadbirlar-natijalar-55414536.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/0e/59023947_161:0:1120:719_1920x0_80_0_0_1ee32e6757b47075933a9f0bab5b83a8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iiv, xavfsizlik, yo‘l harakati qoidalari (yhq), jazoni ijro etish muassasi, tonirovka, giyohvand moddalar, tergov, jamiyat, o‘zbekiston
iiv, xavfsizlik, yo‘l harakati qoidalari (yhq), jazoni ijro etish muassasi, tonirovka, giyohvand moddalar, tergov, jamiyat, o‘zbekiston
IIV yarim yillik natijalarni e’lon qildi — asosiy raqamlar
Matbuot anjumanida jinoyatchilik holati, aholi murojaatlari, giyohvandlikka qarshi kurash va sohadagi islohotlar yuzasidan ma’lumot berildi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Olti oyda O‘zbekistondagi 5 778 ta mahallada jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi. Bu jami mahallalarning 64 foizini tashkil etadi.
Bu haqda IIVda 2026-yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar va asosiy natijalarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida
ma’lum qilindi.
Matbuot anjumanida aytilishicha, jinoyat qayd etilgan mahallalarning 2 738 tasi yoki 30,4 foizi "sariq", 476 tasi yoki 5,3 foizi "qizil" toifaga kiritilgan.
Hisobot davrida ichki ishlar organlariga 200 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 87 foizi qanoatlantirilgan.
Shuningdek, 2 633 nafar bedarak yo‘qolgan shaxs topilib, oilasiga qaytarilgan. Tergov va sud organlaridan yashiringan 5 010 nafar shaxs qo‘lga olingan.
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq 8 653 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoiy guruh va shaxslardan 2 tonna 733 kilogramm giyohvandlik vositalari, jumladan, 52 kilogrammdan ortiq sintetik modda hamda 2 million 651 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi olingan.
Matbuot anjumanida joriy yilda 18 nafar ichki ishlar xodimi xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etgani, 78 nafar xodim esa xavfli vaziyatlarni bartaraf etish jarayonida jarohatlangani ham ma’lum qilindi.
IIV tizimida xodimlar bilan bog‘liq salbiy holatlarning 75 foizi Komplayens xizmati tomonidan aniqlangan. Tergov jarayonlarini kamera orqali qayd etish qamrovi esa 100 foizga yetkazilgan.
Jazoni ijro etish muassasalariga 9 mingdan ortiq videokuzatuv kamerasi o‘rnatilgan. Hozirda Jazoni ijro etish departamenti tizimini to‘liq raqamlashtirish ishlariga asosiy e’tibor qaratilmoqda.
IIV vakillarining bildirishicha, avtomobil oynalarini qoraytirish uchun to‘lov miqdori 2019-yildan buyon 11 baravar kamaytirilgan, yon va orqa oynalarni qoraytirishga esa bepul ruxsat berilgan.
Qayd etilishicha, Jazoni ijro etish departamentining “E-mahkum” hamda Adliya vazirligining “E-advokat” axborot tizimlari o‘zaro integratsiya qilinib, sinov tariqasida test rejimida ishlamoqda.