https://oz.sputniknews.uz/20260713/bauman-universitet-tashkent-filial-qabul-59004923.html
Diplomi butun dunyoda tan olinadi: Bauman universitetining Toshkent filiali qabul boshladi
Diplomi butun dunyoda tan olinadi: Bauman universitetining Toshkent filiali qabul boshladi
Sputnik O‘zbekiston
Bauman universitetining Toshkent filiali 2026/2027 o‘quv yili uchun qabul boshladi. Abituriyentlar 18-avgustgacha uchta IT va muhandislik yo‘nalishi bo‘yicha hujjat topshirishi mumkin. Darslar rus tilida o‘tiladi.
2026-07-13T12:12+0500
2026-07-13T12:12+0500
2026-07-13T12:28+0500
ta’lim
oliy ta’lim muassasalari
o‘zbekiston
rossiya
talabalar
abituriyent
qabul komissiyasi
yangi toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/12/52051242_0:0:600:338_1920x0_80_0_0_de6d3f27f7081e45a07d25d5d609817c.jpg
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetining Toshkent shahridagi filiali 2026/2027 o‘quv yili uchun qabul kampaniyasini boshladi.Hujjatlar 2026-yil 20-iyundan 18-avgustga qadar filial litsenziyasiga kiritilgan uchta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qabul qilinadi:Asosiy va fundamental fanlar bo‘yicha ta’lim N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetining Moskva shahridagi o‘qituvchilari tomonidan rus tilida olib boriladi.Yangi Toshkentdagi doimiy kampus qurilishi yakunlangunga qadar mashg‘ulotlar Toshkent shahridagi ikkita joyda tashkil etiladi.Filial yuqori malakali muhandis kadrlar tayyorlash, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish, shuningdek, yetakchi ta’lim va ilmiy markazlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.Yangi Toshkentda filial uchun zamonaviy kampus qurish maqsadida 6 gektar yer maydoni ajratilgan. 2030-yilga qadar kampusda zamonaviy jihozlangan 2 ming o‘rinli o‘quv-laboratoriya binosi va 800 o‘rinli talabalar turar joyini tashkil etish rejalashtirilgan.Qabul masalalari bo‘yicha filial direktori Donayev Sardor Burxonovichga murojaat qilish mumkin:+988 50-074-40-80;+988 97-712-10-30.OAV uchun kontaktlar:media@bmstu.rumedia.bmstu@yandex.ruBauman universiteti haqidaN.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti Rossiyaning yetakchi muhandislik oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, sanoat va IT sohalari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi.Universitet robototexnika, sun’iy intellekt texnologiyalari, raketa-kosmik texnika, yangi materiallar ishlab chiqish va ilmiy-texnologik taraqqiyotning boshqa istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim dasturlarini amalga oshiradi.1830 yilda tashkil etilgan universitetda "amaliyot orqali o‘rganish" tamoyili asosiy o‘rin tutadi. Talabalar fundamental bilim olish bilan birga, amaliy muhandislik tajribasini ham egallaydi. Qariyb ikki asr davomida Bauman universiteti o‘n minglab muhandislar, olimlar va konstruktorlarni tayyorladi. Ular orasida Sergey Korolov, Andrey Tupolev, Pavel Suxoy, Vladimir Shuxov, Nikolay Dollejal va Vladimir Barmin kabi taniqli mutaxassislar bor.Universitet infratuzilmasi ham faol rivojlantirilmoqda. Moskva markazida zamonaviy kampusning yangi binolari foydalanishga topshirilgan. "Ustuvorlik — 2030" dasturidagi ishtirok esa ilmiy va texnologik yetakchilikni mustahkamlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.Toshkentda N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filialini ochish bo‘yicha kelishuvga 2024-yil may oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning uchrashuvi doirasida erishilgan.O‘zbekistonda filialni tashkil etish to‘g‘risidagi qaror 2025-yil 8-sentabrda qabul qilingan. Hujjatga muvofiq, filialda ta’lim jarayoni 2026/2027 o‘quv yilidan boshlanishi belgilangan.Universitet ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligining 2026-yil 17-martdagi 163-sonli buyrug‘i asosida N.E. Bauman nomidagi MDTUning Toshkent shahridagi filiali tashkil etilgan.Filial uchun Yangi Toshkent hududidan 6 gektar yer maydoni ajratilgan.N.E. Bauman nomidagi MDTU rasmiy сайти:https://bmstu.ruН.Э. Bauman nomidagi MDTU ijtimoiy tarmoqlarda:
https://oz.sputniknews.uz/20250918/tashkent-bauman-moscow-davlat-texnika-universitet-filial-52048537.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/12/52051242_58:0:591:400_1920x0_80_0_0_b8b174550fe286fdb020ad4c6503619a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ta’lim, oliy ta’lim muassasalari, o‘zbekiston, rossiya, talabalar, abituriyent, qabul komissiyasi, yangi toshkent
ta’lim, oliy ta’lim muassasalari, o‘zbekiston, rossiya, talabalar, abituriyent, qabul komissiyasi, yangi toshkent
Diplomi butun dunyoda tan olinadi: Bauman universitetining Toshkent filiali qabul boshladi
12:12 13.07.2026 (yangilandi: 12:28 13.07.2026) Abituriyentlar 18-avgustga qadar uchta muhandislik va IT yo‘nalishi bo‘yicha hujjat topshirishi mumkin. Ta’lim rus tilida olib boriladi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetining Toshkent shahridagi filiali 2026/2027 o‘quv yili uchun qabul kampaniyasini boshladi.
Hujjatlar 2026-yil 20-iyundan 18-avgustga qadar filial litsenziyasiga kiritilgan uchta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qabul qilinadi:
1.
Informatika va hisoblash texnikasi (09.03.01);
2.
Axborot tizimlari va texnologiyalari (09.03.02);
3.
Elektron vositalarni konstruksiyalash va texnologiyasi (11.03.03)
Asosiy va fundamental fanlar bo‘yicha ta’lim N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetining Moskva shahridagi o‘qituvchilari tomonidan rus tilida olib boriladi.
Filial bitiruvchilari N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetining butun dunyoda tan olingan diplomini olishadi.
Yangi Toshkentdagi doimiy kampus qurilishi yakunlangunga qadar mashg‘ulotlar Toshkent shahridagi ikkita joyda tashkil etiladi.
Filial yuqori malakali muhandis kadrlar tayyorlash, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish, shuningdek, yetakchi ta’lim va ilmiy markazlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Yangi Toshkentda filial uchun zamonaviy kampus qurish maqsadida 6 gektar yer maydoni ajratilgan. 2030-yilga qadar kampusda zamonaviy jihozlangan 2 ming o‘rinli o‘quv-laboratoriya binosi va 800 o‘rinli talabalar turar joyini tashkil etish rejalashtirilgan.
Qabul masalalari bo‘yicha filial direktori Donayev Sardor Burxonovichga murojaat qilish mumkin:
+988 50-074-40-80;
+988 97-712-10-30.
Bauman universiteti haqida
N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti Rossiyaning yetakchi muhandislik oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, sanoat va IT sohalari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi.
Universitet robototexnika, sun’iy intellekt texnologiyalari, raketa-kosmik texnika, yangi materiallar ishlab chiqish va ilmiy-texnologik taraqqiyotning boshqa istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim dasturlarini amalga oshiradi.
1830 yilda tashkil etilgan universitetda "amaliyot orqali o‘rganish" tamoyili asosiy o‘rin tutadi. Talabalar fundamental bilim olish bilan birga, amaliy muhandislik tajribasini ham egallaydi.
Qariyb ikki asr davomida Bauman universiteti o‘n minglab muhandislar, olimlar va konstruktorlarni tayyorladi. Ular orasida Sergey Korolov, Andrey Tupolev, Pavel Suxoy, Vladimir Shuxov, Nikolay Dollejal va Vladimir Barmin kabi taniqli mutaxassislar bor.
Universitetda ilmiy tadqiqotlar 95 ta kafedra va 23 ta jahon darajasidagi ilmiy-ta’lim markazida olib boriladi. Ularning aksariyati "Roskosmos", VK va RPKB kabi sanoat hamkorlari ishtirokida tashkil etilgan.
Universitet infratuzilmasi ham faol rivojlantirilmoqda. Moskva markazida zamonaviy kampusning yangi binolari foydalanishga topshirilgan. "Ustuvorlik — 2030" dasturidagi ishtirok esa ilmiy va texnologik yetakchilikni mustahkamlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Toshkentda N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filialini ochish bo‘yicha kelishuvga 2024-yil may oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning uchrashuvi doirasida erishilgan.
O‘zbekistonda filialni tashkil etish to‘g‘risidagi qaror 2025-yil 8-sentabrda qabul qilingan. Hujjatga muvofiq, filialda ta’lim jarayoni 2026/2027 o‘quv yilidan boshlanishi belgilangan.
Universitet ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligining 2026-yil 17-martdagi 163-sonli buyrug‘i asosida N.E. Bauman nomidagi MDTUning Toshkent shahridagi filiali tashkil etilgan.
Filial uchun Yangi Toshkent hududidan 6 gektar yer maydoni ajratilgan.
N.E. Bauman nomidagi MDTU rasmiy sayti:
https://bmstu.ruN.E. Bauman nomidagi MDTU ijtimoiy tarmoqlarda: