JCh-2026: Angliya va Argentina yarim finalda to‘qnashadi

© Foto : adidasOfitsialniy mach YeVRO-2020 adidas Uniforia
Ofitsialniy mach YeVRO-2020 adidas Uniforia - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2026
Obuna bo‘lish
Angliya Norvegiyani qo‘shimcha vaqtda 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Jud Bellingem dubl qayd etib, jamoasini JCh-2026 yarim finaliga olib chiqdi.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Angliya Norvegiyani 2:1, Argentina esa Shveysariyani 3:1 hisobida qo‘shimcha vaqtda mag‘lub etdi. Endi ikki jamoa JCh-2026 finali yo‘llanmasi uchun o‘zaro bahslashadi.
Futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionatining chorak finalida Angliya va Argentina terma jamoalari g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.
Mayamida o‘tgan bahsda Norvegiya 36-daqiqada Andreas Shelderupning goli evaziga hisobni ochdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan ikkinchi daqiqada Jud Bellingem muvozanatni tikladi.
Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlangach, jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarda kurashni davom ettirdi. 93-daqiqada Bellingem ikkinchi bor to‘p kiritib, Angliyaga 2:1 hisobidagi g‘alabani keltirdi.
Kanzas-Sitida o‘tgan Argentina — Shveysariya uchrashuvida esa Aleksis Makallister 10-daqiqada Lionel Messining burchak zarbasidan uzatgan to‘pini darvozaga yo‘llab, hisobni ochdi. Dan Ndoye 67-daqiqada Shveysariyaning javob golini urdi.
Shundan so‘ng shveysariyalik Breel Embolo ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi.
Qo‘shimcha vaqtning 112-daqiqasida Xulian Alvares Argentinani oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning so‘nggi soniyalarida Lautaro Martines yakuniy hisobni o‘rnatdi — 3:1.
Shu tariqa, Angliya va amaldagi jahon chempioni Argentina yarim finalda o‘zaro to‘qnashadi. Ikkinchi yarim final juftligini Fransiya va Ispaniya tashkil etgan.
Chempionat mira po futbolu. Ispaniya - Belgiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2026
Ispaniya Belgiyani mag‘lub etib, JCh-2026 yarim finaliga chiqdi
Yangiliklar lentasi
0