https://oz.sputniknews.uz/20260711/toshkent-xalqaro-moliya-markazi-58973869.html
Prezident Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunni imzoladi
Prezident Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunni imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
Markaz Angliya huquqi asosida, alohida huquqiy maqomga ega bo‘lgan hudud sifatida faoliyat yuritadi. Shuningdek, o‘zining maxsus tartibga solish tizimi, mustaqil tijorat sudi hamda ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan huquqiy muhitiga ega bo‘ladi.
2026-07-11T13:15+0500
2026-07-11T13:15+0500
2026-07-11T13:15+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/1c/44569617_0:133:1280:853_1920x0_80_0_0_6c7f82af79ce1a2d9231fb617e049f63.png
TOShKENT, 11iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezident “Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida"gi konstitutsiyaviy qonunni imzoladi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.Ta’kidlanishicha, bu joriy yilning eng muhim iqtisodiy yangiliklaridan biri va qariyb 10-yildan buyon amalga oshirib kelinayotgan tizimli islohotlarning mantiqiy natijasidir.Mirziyoyeva endi Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish rasman konstitutsiyaviy qonun darajasida mustahkamlanganini qayd etdi.Markaz Angliya huquqi asosida, alohida huquqiy maqomga ega bo‘lgan hudud sifatida faoliyat yuritadi. Shuningdek, o‘zining maxsus tartibga solish tizimi, mustaqil tijorat sudi hamda ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan huquqiy muhitiga ega bo‘ladi.Saida Mirziyoyeva ushbu qonun jahon bozorining eng qimmatli aktivi — ishonchga investitsiya bo‘lganini ta’kidladi.“Toshkent investorlar uchun tushunarli qoidalarni hamda kapitalning eng yuqori darajadagi himoyasini kafolatlagan holda, jahon moliya tizimining uzviy qismiga va butun mintaqa iqtisodiy rivojining yetakchi drayveriga aylanish sari dadil qadam tashlamoqda”, - deya qo‘shimcha qildi u.
https://oz.sputniknews.uz/20260709/moliya-markaz-qonun-senat-maqullanish-58926666.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/1c/44569617_164:137:1118:853_1920x0_80_0_0_eccab10edeb80915beefd23189b50950.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, toshkent
jamiyat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, toshkent
Prezident Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunni imzoladi
Markaz alohida huquqiy maqomga ega bo‘lgan hudud sifatida faoliyat yuritadi.
TOShKENT, 11iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezident “Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida"gi konstitutsiyaviy qonunni imzoladi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva
ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, bu joriy yilning eng muhim iqtisodiy yangiliklaridan biri va qariyb 10-yildan buyon amalga oshirib kelinayotgan tizimli islohotlarning mantiqiy natijasidir.
Mirziyoyeva endi Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish rasman konstitutsiyaviy qonun darajasida mustahkamlanganini qayd etdi.
Markaz Angliya huquqi asosida, alohida huquqiy maqomga ega bo‘lgan hudud sifatida faoliyat yuritadi. Shuningdek, o‘zining maxsus tartibga solish tizimi, mustaqil tijorat sudi hamda ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan huquqiy muhitiga ega bo‘ladi.
“Global investorlar, banklar, investitsiya fondlari va xalqaro moliya kompaniyalari aynan mana shunday shaffof mexanizmlar bilan ishlashga o‘rgangan. Mazkur yangi regulyatorlik ekotizimi xalqaro kapital, zamonaviy moliya xizmatlari va yirik transmilliy loyihalar uchun mamlakatimizning jozibadorligini oshirishi kutilmoqda”, - deb yozdi Prezident administratsiyasi rahbari.
Saida Mirziyoyeva ushbu qonun jahon bozorining eng qimmatli aktivi — ishonchga investitsiya bo‘lganini ta’kidladi.
“Toshkent investorlar uchun tushunarli qoidalarni hamda kapitalning eng yuqori darajadagi himoyasini kafolatlagan holda, jahon moliya tizimining uzviy qismiga va butun mintaqa iqtisodiy rivojining yetakchi drayveriga aylanish sari dadil qadam tashlamoqda”, - deya qo‘shimcha qildi u.