https://oz.sputniknews.uz/20260711/bosh-konsul-vladivostok-58973472.html
O‘zbekistonning yangi bosh konsuli Vladivostokda Rossiya TIV vakili bilan uchrashdi
O‘zbekistonning yangi bosh konsuli Vladivostokda Rossiya TIV vakili bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Tomonlar O‘zbekiston va Rossiyaning Uzoq Sharq hududlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishni muhokama qilishdi. 11.07.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-07-11T12:19+0500
2026-07-11T12:19+0500
2026-07-11T12:19+0500
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/0b/58973598_0:0:625:351_1920x0_80_0_0_6a862ab3dde3ca630e720437171b0452.jpg
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi bosh konsuli Hojiakbar Vahobov Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Vladivostokdagi vakolatxonasi rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Yevgeniy Volosastov bilan uchrashdi.“Dunyo” xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida Rossiyaning Uzoq Sharq federal okrugi hududida doimiy va vaqtinchalik istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga konsullik-huquqiy xizmatlar ko‘rsatish hamda mehnat migratsiyasi sohasidagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.Uchrashuvda tomonlar vatandoshlarning ish faoliyatida yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni tezkor hal etish, ichki ishlar, migratsiya, tergov va chegara qo‘shinlari idoralari vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlar o‘tkazishni ko‘rib chiqishdi.Yakunda bu borada Rossiya TIV vakolatxonasi tomonidan zarur shart-sharoitlar yaratish yuzasidan kelishuvga erishildi.Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston va Rossiyaning Uzoq Sharq hududlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksporti hajmini kengaytirish va madaniy-gumanitar hamkorlikni faollashtirish istiqbollarini ko‘rib chiqdi.Hojiakbar Vahobov 2026-yil 30-iyundan Vladivostok shahridagi O‘zbekiston bosh konsuli vazifasini bajarishga kirishdi. Bungacha bosh konsul Yusup Kabuljanov edi.Vladivostokdagi O‘zbekiston Bosh konsulligining konsullik okrugiga Saxa (Yoqutiston) Respublikasi, Kamchatka, Primorsk va Xabarovsk o‘lkalari, Amur, Magadan va Saxalin viloyatlari, Yahudiy avtonom viloyati hamda Chukotka avtonom okrugi kiradi.
https://oz.sputniknews.uz/20260705/uzbekistan-primorsky-migrantlar-hamkorlik-58841485.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/0b/58973598_78:0:546:351_1920x0_80_0_0_5b289c7b5766b0c2eb16219e0f3473a3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, rossiya
jamiyat, o‘zbekiston, rossiya
O‘zbekistonning yangi bosh konsuli Vladivostokda Rossiya TIV vakili bilan uchrashdi
Tomonlar O‘zbekiston va Rossiyaning Uzoq Sharq hududlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishni muhokama qilishdi.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi bosh konsuli Hojiakbar Vahobov Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Vladivostokdagi vakolatxonasi rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Yevgeniy Volosastov bilan uchrashdi.
“Dunyo”
xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida Rossiyaning Uzoq Sharq federal okrugi hududida doimiy va vaqtinchalik istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga konsullik-huquqiy xizmatlar ko‘rsatish hamda mehnat migratsiyasi sohasidagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuvda tomonlar vatandoshlarning ish faoliyatida yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni tezkor hal etish, ichki ishlar, migratsiya, tergov va chegara qo‘shinlari idoralari vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlar o‘tkazishni ko‘rib chiqishdi.
Yakunda bu borada Rossiya TIV vakolatxonasi tomonidan zarur shart-sharoitlar yaratish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston va Rossiyaning Uzoq Sharq hududlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksporti hajmini kengaytirish va madaniy-gumanitar hamkorlikni faollashtirish istiqbollarini ko‘rib chiqdi.
Hojiakbar Vahobov 2026-yil 30-iyundan Vladivostok shahridagi O‘zbekiston bosh konsuli vazifasini bajarishga kirishdi. Bungacha bosh konsul Yusup Kabuljanov edi.
Vladivostokdagi O‘zbekiston Bosh konsulligining konsullik okrugiga Saxa (Yoqutiston) Respublikasi, Kamchatka, Primorsk va Xabarovsk o‘lkalari, Amur, Magadan va Saxalin viloyatlari, Yahudiy avtonom viloyati hamda Chukotka avtonom okrugi kiradi.