Toshkentdagi ko‘chalardan biri 20 kunga yopiladi

© Sputnik/Abdubakir YunusovPerekritie dvijenie avtomobilnoy dorogi v Tashkente.
Perekritie dvijenie avtomobilnoy dorogi v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2026
Obuna bo‘lish
Bu vaqt davomida hududda magistral issiq suv quvurlarini almashtirish ishlari olib boriladi.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi Aviasozlar ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda "Veolia Energy Tashkent" xabar berdi.
Kompaniyaning ma’lum qilinishicha, cheklov 11-iyul soat 08:00 dan 31-iyul soat 06:00 gacha amal qiladi.
© Telegram-kanal kompanii Veolia Energy Tashkent Zakritie dorogi
Zakritie dorogi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2026
Zakritie dorogi
Ta’kidlanishicha, bu vaqt davomida hududda magistral issiq suv quvurlarini almashtirish ishlari olib boriladi. Ta’mirlash ishlari iste’molchilarni barqaror va sifatli issiqlik energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Ishlar davomida xavfsizlikni ta’minlash uchun ko‘chaning tegishli qismi transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi.
Haydovchilarga oldindan harakat yo‘nalishini rejalashtirish hamda aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etildi.
Yangiliklar lentasi
0