O‘zgidromet: kelasi hafta +46 darajali jazirama kuzatiladi

© Sputnik / Baxrom XatamovLeto u gorodskogo fontana
Leto u gorodskogo fontana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2026
Obuna bo‘lish
Harorat +44…+46 darajagacha ko‘tariladi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. 13−17 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet ogohlantirmoqda.
Havo harorati eng issiq kunlarda respublikaning katta qismida +41…+43 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +44…+46 darajagacha ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0