Press-sentr Sputnik Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Nega O‘zbekiston va Gruziya hamkorligi yangi darajaga ko‘tarilmoqda – video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
O‘zbekiston prezidentining so‘nggi 23-yil ichida Gruziyaga birinchi davlat tashrifi yakunlari va transport yo‘laklarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Gruziya bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda va asta-sekin Yevroosiyoning yangi transport yo‘nalishlarining asosiy ishtirokchilaridan biriga aylanmoqda. Ushbu mavzu Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida bo‘lib o‘tgan Toshkent – Tbilisi – Moskva videoko‘prigi chog‘ida muhokama qilindi.
Ishtirokchilar O‘zbekiston prezidentining so‘nggi 23-yil ichida Gruziyaga birinchi davlat tashrifi yakunlari, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, transport yo‘laklarini rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz o‘rtasidagi hamkorlikning yangi imkoniyatlarini muhokama qilishdi.
Muhokamaning asosiy mavzularidan biri xalqaro transport yo‘laklarining rivojlanishi bo‘ldi. RXDU Iqtisodiyot fakulteti o‘qituvchisi, Rossiya hukumati huzuridagi Moliya universiteti eksperti Farhod Ibragimovning fikricha, O‘zbekiston “Shimol — Janub” transport yo‘lagining Markaziy Osiyo tarmog‘idagi asosiy bo‘g‘inlardan biriga aylanishi mumkin.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti katta ilmiy xodimi Ravshan Nazarov O‘zbekiston Gruziya uchun Markaziy Osiyo bozorlariga chiqishda asosiy transport-logistika habiga aylanishi mumkinligini ta’kidladi. Bunga O‘rta yo‘lakning rivojlanishi ham, “O‘zbekiston — Qirg‘iziston — Xitoy” temir yo‘lining qurilishi ham hissa qo‘shadi.
Bunda gap faqat tranzit haqida ketayotgani yo‘q. Nazarovning so‘zlariga ko‘ra, Gruziya allaqachon O‘zbekistondan paxta tolasi va to‘qimachilik mahsulotlarini xarid qilmoqda, o‘zbekistonliklar esa gruzin mahsulotlarini rastalarda intizorlik bilan kutmoqda.
“Ochig‘ini aytsam, Sovet davridan beri bayram mavsumining, ayniqsa Yangi yilning ramzi bo‘lib kelgan mashhur gruzin mandarinlarini xohlaymiz ”, — dedi ekspert.
Gruziyalik siyosatshunos, SIKHA Foundation ilmiy-tadqiqot instituti asoschisi Archil Sixarulidze O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi integratsiya jarayonlarining hamda Janubiy Kavkaz bilan hamkorlikni kengaytirishning lokomotiviga aylanganini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan O‘zbekiston mintaqaviy hamkorlikning asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biriga aylandi. Bugungi kunda Gruziyaning O‘zbekiston va Qozog‘iston kabi strategik sheriklari bor, Qirg‘iziston bilan savdo aloqalari faol rivojlanmoqda, hamkorlik esa asta-sekin butun Markaziy Osiyoni qamrab olmoqda.
“Aslida, biz natijani ko‘rib turibmiz. Gruziya va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasidagi hamkorlik mutlaqo yangi bosqichga chiqmoqda”, — deydi u.
Ishchirokchilar bugungi kunda O‘zbekiston barqarorlik, investitsiyalarning keng ko‘lamli oqimi hamda nafaqat poytaxt, balki hududlarning ham faol rivojlanishi tufayli mintaqadagi yetakchilardan biriga aylayotganini bir ovozdan ta’kidlashdi.
Keyingi qadam O‘zbekiston, Gruziya va Rossiya ishtirokida qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish bo‘lishi mumkin va bu transport yo‘nalishlari hamda iqtisodiy hamkorlik rivojiga qo‘shimcha turtki beradi.
Batafsil – videoda.
Yangiliklar lentasi
0