Minskda O‘zbekiston – Belarus do‘stligi xiyoboni ochildi

© Glava MID Uzbekistana Baxtiyor SaidovV Minske otkrilas Alleya drujbi Belarus–Uzbekistan.
V Minske otkrilas Alleya drujbi Belarus–Uzbekistan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2026
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, bu xiyobon O‘zbekiston va Belarusning ko‘p qirrali hamkorligining yorqin timsoli bo‘lib xizmat qiladi.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Minsk shahridagi Toshkent ko‘chasida O‘zbekiston – Belarus do‘stligi xiyoboni ochildi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
“Hamkasbim, Belarus Respublikasi tashqi ishlar vaziri Maksim Rijenkov bilan birgalikda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi abadiy do‘stlik, o‘zaro hurmat, ishonch va strategik sheriklik munosabatlarining ramzi sifatida daraxt ko‘chatlarini ekdik”, - deya yozdi vazir o‘zining Telegram-kanalida.
Saidov bu do‘stlik xiyoboni O‘zbekiston va Belarus xalqlarini bog‘lab turgan mustahkam rishtalar, samimiy munosabatlar hamda ko‘p qirrali hamkorlikning yorqin timsoli bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
© Glava MID Uzbekistana Baxtiyor SaidovV Minske otkrilas Alleya drujbi Belarus–Uzbekistan.
V Minske otkrilas Alleya drujbi Belarus–Uzbekistan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2026
V Minske otkrilas Alleya drujbi Belarus–Uzbekistan.
Eslatamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-9 iyul kunlari rasmiy tashrif bilan Belarusda bo‘ldi. Tashrif davomida ikki mamlakat o‘rtasida Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi. Jumladan, O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasi va turdosh infratuzilmani qurishda Belarus tajribasini qo‘llash yuzasidan kelishuvga erishildi.
Tomonlar 2030-yilga borib o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga yetkazish niyatida. 2025-yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasidagi savdo hajmi 1 milliard dollarga yaqinlashdi va bu ikki tomonlama munosabatlar tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0