Madaniyat vazirligi va Kinematografiya agentligida qator tayinlovlar amalga oshirildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMujchina derjit papku v ruke
Mujchina derjit papku v ruke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2026
Obuna bo‘lish
Prezident qarori bilan Jahongir Ahmedov madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari — Kinematografiya agentligi direktori bo‘ldi.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining tegishli qarorlari bilan Madaniyat vazirligi va vazirlik huzuridagi Kinematografiya agentligida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar bermoqda.
Xususan:
Nodirbek Sayfullayev madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Jahongir Ahmedov madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari — Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori bo‘ldi. U 2025-yil mayidan beri Bolalar kontentini rivojlantirish markazi direktori sifatida ishlab kelayotgandi.
Sanjar Bobojonov madaniyat vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezidentning madaniyat bo‘yicha vakili bo‘linmasining bosh inspektori lavozimidan ozod etildi.
Odiljon Abduqahorov madaniyat vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bundan tashqari, boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Bahodir Ahmedov va Avazxon Tajixanov madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan, Murodjon Majidov va Yusufjon Usmonov madaniyat vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Avvalroq Hasan Salixov prezidentning madaniyat bo‘yicha vakili etib tayinlangandi. Bungacha u Kreativ industriya parki direktori lavozimida ishlagan.
Dilnoza Kattaxonova  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2026
Dilnoza Kattaxonova bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi
Yangiliklar lentasi
0