Ikkinchi mutaxassislik uchun onlayn arizalar qabul qilish boshlandi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovAbituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi Uzbekistana
Abituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2026
Obuna bo‘lish
Hujjatlar 10-avgustga qadar my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. 10 iyuldan oliy ma’lumotga ega shaxslar uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish uchun onlayn arizalar qabul qilish boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Arizalar 10-avgustga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.
Onlayn ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar:
fuqarolik pasporti yoki ID-karta ma’lumotlari;
bakalavr diplomi va uning ilovasining elektron nusxasi;
o‘qish istagini bildirgan oliy ta’lim tashkiloti hamda ta’lim yo‘nalishi tanlovi.
Vazirlikning bildirishicha, xorijiy davlatlar ta’lim tashkilotlari tomonidan 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlar belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari har bir oliy ta’lim tashkilotining ilmiy-pedagogik salohiyati hamda moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda, uning kengashi tomonidan mustaqil belgilanadi.
Shuningdek, ikkinchi oliy ta’lim bo‘yicha o‘qish to‘liq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Abituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2026
Oliygoh va texnikumlarga qabul boshlandi
Yangiliklar lentasi
0