Dilnoza Kattaxonova bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi

© Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa Dilnoza Kattaxonova
Dilnoza Kattaxonova  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2026
Obuna bo‘lish
Zulayxo Mahkamova bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimini tark etdi.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Prezidentning tegishli farmoni bilan Dilnoza Kattaxonova bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
U shu munosabat bilan Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
O‘z navbatida, 2022-yil martidan buyon Xotin-qizlar va oila ishlari qo‘mitasiga rahbarlik qilgan Zulayho Mahkamova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Dilnoza Kattaxonova 1991-yil 2-iyulda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tug‘ilgan.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining bakalavriat va magistratura bosqichlarini tamomlagan. Siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasiga ega, Garvard universitetining Jon Kennedi nomidagi davlat boshqaruvi maktabining magistrlik dasturi tinglovchisi.
Kattaxonova turli yillarda "Kamolot" yoshlar harakati, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Yoshlar ittifoqida ishlagan, "Kamalak" bolalar tashkilotiga rahbarlik qilgan.
2020 yil iyul oyida u o‘sha paytda tashkil etilgan Yoshlar ishlari agentligi direktorining o‘rinbosari, 2023-yil dekabr oyida esa agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
Kattaxonova "Do‘stlik" davlat ordeni, "Xalqlar do‘stligi" va "Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi" ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan. U Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori sanaladi.
Zamestitel premyer-ministra, ministr IVT Uzbekistan S.Umurzakov prinyal uchastie v ocherednom zasedanii Soveta Yevraziyskoy ekonomicheskoy komissii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2026
Sardor Umurzakov Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori etib tayinlandi
Yangiliklar lentasi
0