O‘zbekiston va Belarus strategik sheriklik deklaratsiyasini imzoladi

© BeltaUzbekistan i Belarus podpisali deklaratsiyu o strategicheskom partnerstve
Uzbekistan i Belarus podpisali deklaratsiyu o strategicheskom partnerstve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2026
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev va Lukashenko strategik sheriklik deklaratsiyasini imzoladi. Tomonlar 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasi va qator sohaviy hujjatlarni tasdiqladi.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Belarus strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda Belarusning BELTA davlat axborot agentligi xabar berdi.
Hujjat Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenkoning Minskdagi muzokaralari yakunida qabul qilindi.
Belarus prezidentining aytishicha, davlat rahbarlari tor doiradagi suhbatda ikki mamlakat uchun muhim yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikka “mutlaqo yangi yondashuv” haqida kelishib olgan.

“Bizning ulkan rejalarimizni amalga oshirish uchun hukumatlar besh yillik uchun birgalikdagi ishlarning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beruvchi yo‘l xaritasini tayyorladi”, — dedi Lukashenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjatda aniq vazifalar, mas’ullar va muddatlar belgilangan. Yo‘l xaritasida sanoat kooperatsiyasiga alohida o‘rin berilgan. Lukashenko bu yo‘nalish O‘zbekistonning texnologik suverenitetiga salmoqli hissa qo‘shishini ta’kidladi.
Shuningdek, muzokaralar yakunida 2026–2030 yillarda savdo-iqtisodiy va ijtimoiy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi tasdiqlandi. Hujjatlar bilan O‘zbekiston va Belarus bosh vazirlari o‘rinbosarlari Jamshid Xodjayev hamda Yuriy Shuleyko almashdi.
Deklaratsiya siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar, xavfsizlik, shuningdek, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashish sohalarida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.
Hujjat sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport-logistika va hududlararo hamkorlik yo‘nalishlarida aloqalarni chuqurlashtirishni ham nazarda tutadi.
Lukashenko yo‘l xaritasida qo‘shma korxonalar tashkil etish bo‘yicha aniq qadamlar belgilanganini qayd etdi.
Muzokaralar yakunida mehnat va ijtimoiy himoya, moliya, qishloq xo‘jaligi, ilmiy-texnikaviy hamkorlik, fundamental va strategik tadqiqotlar sohalarida ham memorandumlar almashildi.
Bundan tashqari, madaniyat va san’at, turizm hamda yengil sanoat yo‘nalishlarida ham hujjatlar imzolandi.
Shavkat Mirziyoyev muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi darajasini “tarixiy lahza” deb atadi. Uning ta’kidlashicha, tomonlar bu imkoniyatdan “shu yerda va hozir” foydalanishi kerak.
Shavkat Mirziyoyev pribil s ofitsialnim vizitom v Belarus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2026
Mirziyoyev va Lukashenko Minskda norasmiy uchrashuv o‘tkazdi
Yangiliklar lentasi
0