Sobiq davlat xizmatchilarini ishga qabul qilish bo‘yicha yangi tartib tasdiqlandi

© CC0 / Unsplash / Leon SeibertMujchina podpisivayet dokumenti. Illyustrativnoe foto
Mujchina podpisivayet dokumenti. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2026
Obuna bo‘lish
Sobiq davlat xizmatchisi ishdan bo‘shaganidan keyin 2-yil ichida o‘zi nazorat qilgan tashkilotga ishga o‘tmoqchi bo‘lsa, avval korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasidan xulosa olishi kerak bo‘ladi
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda sobiq davlat xizmatchilarini ishga qabul qilishdan oldin korrupsiyaga qarshi xulosa olish tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Yangi tartib “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Qonunga ko‘ra, davlat organi yoki tashkilotida ishlagan xodim ishdan bo‘shaganidan keyin 2-yil davomida o‘zi nazorat qilgan tashkilotga ishga o‘tmoqchi bo‘lsa, avvalgi ish joyining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasidan xulosa olinishi shart.
Bunday holatda sobiq davlat xizmatchisini ishga qabul qilmoqchi bo‘lgan tashkilotning kadrlar bo‘limi 1 ish kuni ichida ichki nazorat bo‘linmasiga murojaat qiladi.
Ichki nazorat bo‘linmasi 3 xil xulosa berishi mumkin:
ijobiy — nomzodni ishga qabul qilish mumkin;
cheklovli ijobiy — nomzod ayrim cheklovlar bilan ishga qabul qilinadi;
salbiy — nomzodni ishga qabul qilish rad etiladi.
Agar xulosa olinmagan bo‘lsa yoki salbiy xulosa berilsa, nomzodni ishga qabul qilish taqiqlanadi.
Cheklovli ijobiy xulosa berilganda xodim 3 oy davomida avval o‘zi nazorat qilgan tashkilot bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok eta olmaydi. Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan vazifalar qayta taqsimlanadi va xodim faoliyati ichki nazorat bo‘linmasi tomonidan monitoring qilinadi.
Agar sobiq davlat xizmatchisi xulosadan norozi bo‘lsa, u yuqori turuvchi tashkilotga yoki Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga shikoyat qilishi mumkin.
Ruki na klaviature - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2026
Korrupsiya uchun sudlanganlar reyestrda turgan vaqtda davlat xizmatiga qabul qilinmaydi
Yangiliklar lentasi
0