Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Asosan YeOII: o‘zbek gilosini eng ko‘p xarid qilgan davlatlar ma’lum qilindi

Obuna bo‘lish
Rossiya yanvar-may oylarida O‘zbekistondan 11,7 ming tonna gilos sotib oldi. Bu umumiy eksportning qariyb 70 foiziga teng.
2026 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatga qiymati 36,5 million dollarlik qariyb 16,8 ming tonna gilos eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,1 ming tonnaga kamaygan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston gilos eksportining deyarli 98 foizi YeOII mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Asosiy xaridor Rossiya bo‘lib, ushbu mamlakat hissasiga umumiy eksportning qariyb 70 foizi to‘g‘ri kelgan.
Yanvar-may oylarida O‘zbekiston eng ko‘p gilos eksport qilgan davlatlar:
Rossiya — 11,7 ming tonna;
Qirg‘iziston — 2,6 ming tonna;
Qozog‘iston — 2 ming tonna;
Belarus — 135,3 tonna;
BAA — 116,7 tonna;
boshqa davlatlar — 140 tonna.
Shu tariqa, Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Belarus hissasiga jami 16,4 ming tonnadan ziyod gilos to‘g‘ri kelgan.
Yangiliklar lentasi
0