O‘zbekistonda marixuana, geroin va kannabis bilan bog‘liq holatlar fosh etildi

© Press-slujba SGBSotrudnikami SGB i MVD provedeni meropriyatiya po borbe s nezakonnim oborotom narkotikov
Sotrudnikami SGB i MVD provedeni meropriyatiya po borbe s nezakonnim oborotom narkotikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2026
Obuna bo‘lish
Qator hududlarda fuqarolar kannabis o‘simligini yetishtirayotganini aniqlandi.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. DXX va IIV xodimlari hamkorligida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida respublika bo‘ylab giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirlar davomida giyohvandlik vositalarini saqlash, tashish va tarkibida giyohvand modda bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.
Xususan, Namangan viloyatining Norin tumanida yashovchi 1961-yilda tug‘ilgan fuqaroning xonadoni ko‘zdan kechirilganda, u kelgusida sotish maqsadida 1 kg 595 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini saqlab kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur modda protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shu viloyatning Chortoq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa 1973-yilda tug‘ilgan shaxs o‘ziga tegishli qo‘shimcha tomorqada 839 tup kannabis o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotgani aniqlandi.
Samarqand viloyatidagi holatda Urgut tumanida yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan shaxs Toyloq tumani hududida avtomashinada harakatlanayotgan vaqtida to‘xtatib tekshirildi. Tekshiruv davomida undan 20 gramm geroin moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Bundan tashqari, Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan 1962-yilda tug‘ilgan shaxs 36 tup kannabis o‘simligini yetishtirayotgani fosh etildi.
Shunga o‘xshash holat Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida ham qayd etildi. Bu yerda 1973-yilda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan fuqaro o‘z hovlisida issiqxona tashkil etib, unda 22 tup kannabis o‘simligini parvarishlab kelayotgani ma’lum bo‘ldi.
Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida esa 1965-yilda tug‘ilgan shaxs o‘z tomorqasida 10 tup kannabis o‘simligini parvarishlab kelgani aniqlandi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
V Kashkadarye zaderjali mujchinu, kotoriy virastil 201 kg kannabisa v teplitse na svoyem dvore - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2026
Qashqadaryoda hovlisidagi issiqxonada 201 kg kannabis yetishtirgan shaxs qo‘lga olindi
Yangiliklar lentasi
0