https://oz.sputniknews.uz/20260706/uzbekistan-jordan-iqtisod-muhokama-58854853.html
O‘zbekiston va Iordaniya iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston va Iordaniya iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda O‘zbekiston va Iordaniya tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar savdo, investitsiya, transport, turizm, ta’lim va xalqaro maydondagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
2026-07-06T13:51+0500
2026-07-06T13:51+0500
2026-07-06T13:51+0500
o‘zbekiston tiv
baxtiyor saidov
iqtisod
savdo
investitsiya
turizm
iordaniya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/06/58854487_0:211:2560:1651_1920x0_80_0_0_ed947e432107afde9d73f4adc5b97b7b.jpg
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Iordaniya bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar va muhojirlar masalalari bo‘yicha vaziri Ayman Safadi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Saidov o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.Muzokaralarda o‘tgan yili Samarqandda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston–Iordaniya keng qamrovli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Tomonlar oliy va yuqori darajadagi bo‘lajak tashriflar hamda qo‘shma tadbirlar jadvalini ko‘rib chiqdi. Alohida e’tibor Amman–Toshkent to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovining yo‘lga qo‘yilishi va O‘zbekiston–Iordaniya Ishbilarmonlar kengashi faoliyatiga qaratildi. Ushbu mexanizmlar ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni faollashtirishi kutilmoqda.Tomonlar xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashdi. BMT, Islom hamkorlik tashkiloti, Qo‘shilmaslik harakati va boshqa ko‘p tomonlama platformalar doirasidagi hamkorlikni davom ettirish masalasi muhokama qilindi.O‘zbekiston tomoni Iordaniyani Yaqin Sharqdagi muhim hamkorlardan biri sifatida ko‘rishini qayd etdi.Eslatamiz, 1-iyuldan "Royal Jordanian Airlines" Toshkent va Amman o‘rtasida muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Parvozlar haftasiga ikki marta - chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250826/uzbekistan-jordan-ortasi-hujjatlar-imzolanish-royxat-51525556.html
iordaniya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/06/58854487_0:0:2276:1707_1920x0_80_0_0_17f3bd5798b6f0c18836b7edb2b28669.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston tiv, baxtiyor saidov, iqtisod, savdo, investitsiya, turizm, iordaniya
o‘zbekiston tiv, baxtiyor saidov, iqtisod, savdo, investitsiya, turizm, iordaniya
O‘zbekiston va Iordaniya iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston va Iordaniya siyosiy muloqot, savdo, transport, turizm va ta’lim sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdi.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Iordaniya bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar va muhojirlar masalalari bo‘yicha vaziri Ayman Safadi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Saidov o‘zining Telegram kanalida
ma’lum qildi.
Muzokaralarda o‘tgan yili Samarqandda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston–Iordaniya keng qamrovli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar oliy va yuqori darajadagi bo‘lajak tashriflar hamda qo‘shma tadbirlar jadvalini ko‘rib chiqdi.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-logistika, turizm, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amaliy qadamlar belgilandi.
Alohida e’tibor Amman–Toshkent to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovining yo‘lga qo‘yilishi va O‘zbekiston–Iordaniya Ishbilarmonlar kengashi faoliyatiga qaratildi. Ushbu mexanizmlar ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni faollashtirishi kutilmoqda.
Tomonlar xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashdi. BMT, Islom hamkorlik tashkiloti, Qo‘shilmaslik harakati va boshqa ko‘p tomonlama platformalar doirasidagi hamkorlikni davom ettirish masalasi muhokama qilindi.
O‘zbekiston tomoni Iordaniyani Yaqin Sharqdagi muhim hamkorlardan biri sifatida ko‘rishini qayd etdi.
Eslatamiz, 1-iyuldan "Royal Jordanian Airlines" Toshkent va Amman o‘rtasida muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni
yo‘lga qo‘ydi. Parvozlar haftasiga ikki marta - chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.