https://oz.sputniknews.uz/20260706/tashkent-oqova-suv-salar-oqizilish-58856645.html
Toshkentda oqova suv Salar kanaliga oqizilgani aniqlandi
Toshkentda oqova suv Salar kanaliga oqizilgani aniqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Shota Rustaveli ko‘chasida qurilish vaqtida oqova suv quvuri shikastlangani va oqova suv Salar kanaliga tushgani aniqlandi. Kanal suvidan laboratoriya tahlili uchun namunalar olindi.
2026-07-06T14:48+0500
2026-07-06T14:48+0500
2026-07-06T14:50+0500
ekologiya
toshkent
suv
ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi
jamiyat
qurilish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/06/58856438_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_6915e7a69402df4b8467af7d919cf76e.jpg
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Toshkentda Shota Rustaveli ko‘chasida olib borilayotgan qurilish ishlari vaqtida oqova suv quvuri shikastlangani ma’lum bo‘ldi. Buning oqibatida oqova suv Salar kanaliga sizib chiqqan. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda qurilish hududida oqova suv quvuriga zarar yetgani va iflos suv kanalga tushayotgani haqida murojaat tarqalgan edi.Kanal suvidan laboratoriya tahlili uchun namunalar olingan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, atrof-muhitni muhofaza qilish talablari buzilgan bo‘lsa, aybdorlarga nisbatan chora ko‘riladi.Ekologiya boshqarmasi qo‘shimcha ma’lumotlar o‘rganish yakuniga ko‘ra e’lon qilinishini bildirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250929/bozsuv-kanalizatsiya-suvlar-jinoyat-ish-52346599.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/06/58856438_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_b8b3081d2b1ae606354c617f8907e203.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ekologiya , toshkent, suv, ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, jamiyat, qurilish
ekologiya , toshkent, suv, ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, jamiyat, qurilish
Toshkentda oqova suv Salar kanaliga oqizilgani aniqlandi
14:48 06.07.2026 (yangilandi: 14:50 06.07.2026) Shota Rustaveli ko‘chasidagi qurilish ishlari vaqtida oqova suv quvuri shikastlangan. Natijada oqova suv Salar kanaliga tushgan.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Toshkentda Shota Rustaveli ko‘chasida olib borilayotgan qurilish ishlari vaqtida oqova suv quvuri shikastlangani
ma’lum bo‘ldi.
Buning oqibatida oqova suv Salar kanaliga sizib chiqqan. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda qurilish hududida oqova suv quvuriga zarar yetgani va iflos suv kanalga tushayotgani haqida murojaat tarqalgan edi.
Shundan so‘ng Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi mutaxassislari voqea joyiga chiqdi. O‘rganish davomida quvur qurilish ishlari vaqtida ehtiyotsizlik oqibatida shikastlangani va oqova suv Salar kanaliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushgani aniqlandi.
Kanal suvidan laboratoriya tahlili uchun namunalar olingan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, atrof-muhitni muhofaza qilish talablari buzilgan bo‘lsa, aybdorlarga nisbatan chora ko‘riladi.
Ekologiya boshqarmasi qo‘shimcha ma’lumotlar o‘rganish yakuniga ko‘ra e’lon qilinishini bildirdi.