Javohir Sindarov Naroditsky Memorial Blitz 2026 turnirida ham chempion bo‘ldi
Javohir Sindarov Naroditsky Memorial Blitz 2026 turnirida ham chempion bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Javohir Sindarov Naroditsky Memorial Blitz 2026 finalini 7,5/9 natija bilan yakunlab, chempion bo‘ldi. U turnirda mag‘lubiyatga uchramadi va 6 000 dollarlik bosh mukofotni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Javohir Sindarov AQShda o‘tkazilgan Naroditsky Memorial Rapid & Blitz 2026 turnirining rapid yo‘nalishida chempion bo‘lgan o‘zbekistonlik grossmeyster bu safar blis finalida ham birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Daniel Narodiskiy xotirasiga bag‘ishlangan musobaqaning blis finali 10 nafar shaxmatchi ishtirokida, 9 turlik davra usulida o‘tkazildi. Sindarov finalni 7,5/9 natija bilan yakunlab, mag‘lubiyatsiz chempion bo‘ldi va 6 000 dollar miqdoridagi bosh mukofotga ega chiqdi.Eslatib o‘tamiz, Sindarov avvalroq ushbu turnirning rapid yo‘nalishida ham g‘olib bo‘lgan edi. U asosiy bosqichda 7 turdan 6 ochko jamg‘arib, Aravind Chitambaram bilan birinchi o‘rinni bo‘lishdi, keyin esa tay-breykda raqibini mag‘lub etib, chempionlikni rasmiylashtirgan.
Grossmeyster Javohir Sindarov AQShda o‘tgan Naroditsky Memorial Blitz 2026 finalini mag‘lubiyatsiz yakunlab, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Javohir Sindarov AQShda o‘tkazilgan Naroditsky Memorial Rapid & Blitz 2026 turnirining rapid yo‘nalishida chempion bo‘lgan o‘zbekistonlik grossmeyster bu safar blis finalida ham birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Daniel Narodiskiy xotirasiga bag‘ishlangan musobaqaning blis finali 10 nafar shaxmatchi ishtirokida, 9 turlik davra usulida o‘tkazildi. Sindarov finalni 7,5/9 natija bilan yakunlab, mag‘lubiyatsiz chempion bo‘ldi va 6 000 dollar miqdoridagi bosh mukofotga ega chiqdi.
O‘zbekistonlik shaxmatchi turnir davomida 6 ta g‘alaba va 3 ta durang qayd etdi. U Etan Shixan, Vasif Durarbayli, Samuel Sevian, Endi Vudvard, Semon Xanin va Boris Gelfandni mag‘lub etdi. Muhiddin Madaminov, Uesli So va Xikaru Nakamura bilan partiyalar esa durang bilan yakunlandi.
Eslatib o‘tamiz, Sindarov avvalroq ushbu turnirning rapid yo‘nalishida ham g‘olib bo‘lgan edi. U asosiy bosqichda 7 turdan 6 ochko jamg‘arib, Aravind Chitambaram bilan birinchi o‘rinni bo‘lishdi, keyin esa tay-breykda raqibini mag‘lub etib, chempionlikni rasmiylashtirgan.
Naroditsky Memorial Rapid & Blitz 2026 3–5 iyul kunlari AQShning Sharlott shahrida o‘tkazildi. Musobaqa amerikalik grossmeyster, sharhlovchi va shaxmat ommaviylashtiruvchisi Daniel Narodiskiy xotirasiga bag‘ishlangan.