Prezident Sergelida infratuzilma muammolarini tezkor hal qilishni topshirdi
17:00 04.07.2026 (yangilandi: 17:05 04.07.2026)

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Aholi soni tez o‘sayotgani va biznes rivojlanayotgani sababli, infratuzilma obyektlarini ham ildam ishga tushirish vazifasini qo‘yildi.
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Sergeli tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda davlat rahbari so‘nggi yillarda Sergeli tumani poytaxtning chekka hududi emas, “hayot qaynayotgan” maskanga aylangani ta’kidlandi.
Aholini xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha dastlabki natijalar Sergeli tumanida 236 mingga yaqin aholi yashayotgani ma’lum bo‘ldi (oldin 181 ming nafar deb yuritilgan).
Tadbirkorlar soni 2,5 mingtadan 6 ming 200 taga ko‘paydi. Tuman budjeti tushumlari 382 milliard so‘mdan 2,2 trln so‘mga, ya’ni 5,5 barobar oshdi.
Aholi uchun 5 ta yirik dam olish maskani va istirohat bog‘lari ishga tushirildi.
Toshkent viloyatidan o‘tgan 13 ta mahallaning hisobiga Sergeli tumani hududi 1 ming 800 gektarga kengayib, jami 5,6 ming gektarga yetdi.
Sergelini boshqa tumanlar va shahar markazi bilan bog‘laydigan 9 kilometrlik yo‘l, 8 ta stansiyadan iborat yangi metro liniyasi bunyod etildi.
Maktab o‘rinlari 25 mingdan 38,5 mingga, bog‘cha o‘rinlari 7,5 mingdan 15,5 mingga ko‘paydi.
Shu bilan birga, transport, yo‘l, elektr, suv va kanalizatsiya kabi infratuzilma tarmoqlarini yaxshilash bo‘yicha yechimini kutayotgan masalalar hali ko‘pligi qayd etildi.
Elektr energiyasiga yillik talab besh yilda 40 foizga ko‘paydi. Ayrim mahallalarda elektr kuchlanishi meyordan 1,5-2 barobar pastligi qayd etildi. Shu munosabat bilan "Shaharoldi", "O‘zgarish" va "Qumariq" nimstansiyalarini ishga tushirish uchun jami 107 milliard so‘m ajratilgan.
Bektemir, Mirzo Ulug‘bek, Sergeli, Yashnobod va Yangihayot tumanlariga o‘tgan 46 ta mahallada elektr, suv, kanalizatsiya va yo‘l bo‘yicha birorta hal etilmagan masala qolmasligi kerakligi ta’kidlandi.
Mutasaddilarga 1-sentabrgacha Srgelidagi suv tozalash inshootida zamonaviy filtrlash uskunalarini o‘rnatib, badbo‘y hidlarni bartaraf etish topshirildi.
Kelasi yilda Quyi Chirchiq tumanida quvvati 300 ming kub metr bo‘lgan zamonaviy suv tozalash inshooti qurilishi boshlanadi. Buning hisobidan Sergelidagi suv tozalash inshootiga yuklama keskin kamayadi.
Sergelining asosiy 23 kilometr yo‘lidagi chorrahalarga 455 ta "aqlli" svetofor o‘rnatiladi, 150 ta avtobus bekati yangilanadi, 10 ming o‘rinli avtoturargoh tashkil etiladi.
Sergeli, Bektemir vaYangihayot tumanlarini poytaxtning boshqa hududlari bilan bog‘laydigan Toshkent halqa yo‘lidagi yangi ko‘prik qurilishini tezlashtiriladi.
Poytaxt mehmonlari va aholi uchun shu yilning o‘zida har bir tumanda 15-20 ta zamonaviy hojatxona qurish uchun yerlarni auksionga chiqarish vazifasi qo‘yildi.
Chiqindi qutilari sonini ham keskin ko‘paytirish bo‘yicha ham choralar ko‘riladi.
Sergelidagi maktablarda o‘quvchi o‘rnini 2 karra ko‘paytirish maqsadida yangi loyiha maktablari qhuriladi. Ularda sport zali, oshxona va ustaxona yerto‘lada joylashadi, yuqori qavatlardan esa sinf xonalari sifatida foydalaniladi.
Bu yil Toshkent shahrining har bir tumanida bittadan maktab va bog‘chada ushbu yondashuvni joriy etib, “poytaxt tajribasi”ni yaratish topshirildi.
Undan tashqari Toshkentda aholi va turistlar uchun salqin mikroiqlim yaratish maqsadida 12 ta sun’iy ko‘l barpo etish ishlari boshlanmoqda. Shundan 3 tasi Sergelida – Qo‘shqo‘rg‘on, Sultonobod va Farog‘atli mahallalarida jami 22 gektar maydonda tashkil etiladi.
"Jo‘n" kanalining Sergeli va Yangihayot tumanlaridan o‘tgan 5 kilometr qismini betonlashtirish boshlangan.
Sergeli va Yangihayot tumanlarining hokimlariga yil yakunigacha kanal bo‘yida sayilgoh va salomatlik yo‘lagini tashkil etish topshirildi. Chirchiq darosining poytaxt hududidan o‘tgan 16 kilometrida o‘zanni mustahkamlash ishlari boshlanib, qo‘shimcha 300 gektarda “yashil belbog‘”, sayilgohlar, piyodalar va velosiped yo‘laklari tashkil etiladi.