TOShKENT, 4-iyul — Sputnik, Baxrom Xatamov.1924 yilda tashkil etilgan Toshkent hayvonot bog‘i bugungi kunda O‘zbekistonning eng yirik ilmiy-ma’rifiy muassasalaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda hayvonot bog‘ida qariyb 350 tur va kichik turlarga mansub hayvonlar saqlanmoqda.Toshkent hayvonot bog‘ining ilmiy xodimi Firuza Mirsalixova shunday deydi:Uning ta’kidlashicha, hayvonlarning tabiiy xatti-harakatini saqlab qolish asosiy vazifalardan biridir.Hayvonot bog‘ining ekskursovod i va metodisti Lola Bashirova esa noyob hayvonlarni saqlashning ahamiyatiga to‘xtaldi:Uning fikricha, hayvonlar bilan tanishish insonlarda tabiatga nisbatan mehr va mas’uliyat tuyg‘usini kuchaytiradi.Bugungi kunda Toshkent hayvonot bog‘i nafaqat dam olish maskani, balki tabiatni muhofaza qilish, ilmiy tadqiqotlar olib borish va ekologik ta’lim markazi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Toshkent hayvonot bog‘i hayvonlar uchun qulay sharoit yaratib, noyob turlarni asrash va ekologik ma’rifatni rivojlantirmoqda.
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik, Baxrom Xatamov.1924 yilda tashkil etilgan Toshkent hayvonot bog‘i bugungi kunda O‘zbekistonning eng yirik ilmiy-ma’rifiy muassasalaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda hayvonot bog‘ida qariyb 350 tur va kichik turlarga mansub hayvonlar saqlanmoqda.
Toshkent hayvonot bog‘ining ilmiy xodimi Firuza Mirsalixova shunday deydi:
"Biz barcha primatlar uchun yangi yozgi volyerlarni qurib bitkazdik. Gibbonlar, mandrillar va yapon makakalari uchun keng va qulay majmualar barpo etildi".
Uning ta’kidlashicha, hayvonlarning tabiiy xatti-harakatini saqlab qolish asosiy vazifalardan biridir.
"Biz maymunlarni ratsionini boyitish maqsadida har kuni shox-shabbali ozuqa beramiz. Ular tabiatdagi kabi barglar bilan oziqlanishni yaxshi ko‘radilar".
Hayvonot bog‘ining ekskursovod i va metodisti Lola Bashirova esa noyob hayvonlarni saqlashning ahamiyatiga to‘xtaldi:
"Prjevalskiy oti va kulan oddiy hayvonlarga o‘xshab ko‘rinadi. Ammo har bir tur ortida juda qiziq va fojiali tarix yotadi. Zooparklar aynan shu turlarni saqlab qolishga katta hissa qo‘shmoqda".
Uning fikricha, hayvonlar bilan tanishish insonlarda tabiatga nisbatan mehr va mas’uliyat tuyg‘usini kuchaytiradi.
"Har bir turning o‘ziga xos tarixi va xususiyatlari bor. Shuning uchun biz mehmonlarni doimo hayvonot bog‘iga taklif qilamiz".
Bugungi kunda Toshkent hayvonot bog‘i nafaqat dam olish maskani, balki tabiatni muhofaza qilish, ilmiy tadqiqotlar olib borish va ekologik ta’lim markazi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.